Prezident sovg‘asi “Damas” avtomashinalari egasini kutmoqda
Sirdaryo viloyatida Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan birinchilardan bo‘lib paxta qimmatbaho xom-ashyosidan 40 sentnerdan hosil ko‘targan 40 nafar fermer xo‘jaligi rahbariga, Prezident sovg‘asi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 40 dona “Damas” rusumli avtomashinalar topshiriladigan bo‘ldi.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik, deb bejizga aytishmagan. Buni samarali mehnat qilib katta xirmon tiklayotgan paxtakor-fermerlarga hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik ekanini alohida ta’kidlash lozim.
Demak, Sirdaryoda zafar marrasini birinchilardan bo‘lib egallab, har gektar yerdan 40 sentnerdan paxta hosili ko‘targan fermerlar Yurtboshimizning ana shu mukofoti – “Damas” avtomobilini olish baxtiga sazovor bo‘ladi.
Ayni paytda ilg‘or fermerlarga ajratilgan Prezident sovg‘alari viloyat hokimligi maydoniga olib kelib, qator qilib terib qo‘yildi.
Prezident sovg‘asi sohibi bo‘laman, degan sirdaryolik fermerlar har bir quyoshli kundan unumli foydalanib, fursat borida, otingizni qamchilang!