Bir enlik hujjat inson taqdirini belgilashini Kitob tumanida istiqomat qiluvchi Qurbon Halimov 3 nafar farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasini ololmaganidan so‘ng tushunib yetdi.

Muammo farzandlarining Rossiya davlatida dunyoga kelganidan boshlandi. Rossiyada bolalarning tug‘ilish holati qayd etilib, tegishli tartibda ularga guvohnomalar ham berilgan. Biroq, taqdir taqozosi bilan o‘z yurtiga qaytishni qaror qilgan Qurbon aka yillar o‘tib, bolalarining kelajagida hujjat bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishini xayoliga ham keltirmagan.

Oila O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, tushunmovchilik va hayotiy qiyinchiliklar sababmi, Qurbon akaning turmush o‘rtog‘i bolalarini qoldirib, o‘z yurtiga qaytib ketgan.  

Hayot davom etadi, Qurbon aka boshqa oila qurib, ikkinchi oilasidan farzand ko‘rdi. Qaytgan vaqtlarida bolalar yosh bo‘lishgani sabablimi yoki zarurat bo‘lmaganligi tufaylimi, guvohnomalari bor-yo‘qligiga ahamiyat berishmagan.  

Yillar o‘tib, katta farzandlarining bo‘yi yetib, fuqarolik pasportini olish vaqti kelganda, guvohnomalarning asli yo‘qligi, faqatgina nusxasi saqlanib qolganini bilgan oila, bolalarning guvohnomasini tiklash uchun harakat qila boshlashdi.

Aslida fuqaroning birinchi nikohi qonuniy rasmiylashtirilmay, 3 nafar katta farzand yolg‘iz ona sifatida ro‘yxatga olinib, guvohnoma berilgan. Shu sababli takroriy ravishda guvohnomalarning aslini olishda bir qancha muammolar kelib chiqdi.

2013 yildan beri shu masalada yordam so‘rab mahalla raisiga, tuman FHDYO bo‘limi va adliya bo‘limiga, prokuratura bo‘limlariga murojaat qilishdi. Qurbon aka bormagan tashkiloti, yordam so‘ramagan idorasi qolmadi hisob. Oxiri toqati toq bo‘lib, 2019 yilda Prezident virtual qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Ularning murojaatini DXA Qashqadaryo viloyat boshqarmasining mas’ul xodimi o‘rganib, Rossiya Federatsiyasiga murojaatchining 3 nafar bolasining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining takroriy nusxasini yuborishni so‘rab, so‘rovnoma yuborgan.  

Biroq ushbu so‘rovnomaning javobi salkam bir yil deganda yetib kelgan. 2020 yilning boshlarida kelgan juda uzoq kutilgan javobda afsuski surovnoma rad etilgani, Rossiya Federatsiyasi qonunchilik talablariga ko‘ra, takroriy guvohnomalar ota-onaning birining so‘roviga asosan yoki yashab turgan joyidagi vasiylik va homiylik organining so‘roviga asosan berilishini qayd etilgan edi.

DXA Qashqadaryo viloyat boshqarmasi holat yuzasidan birinchi so‘rovnomaga rad javobini olgani sababli Kitob tuman vasiylik va homiylik kengashi bilan hamkorlikda qayta so‘rovnoma tayyorlaydi. Biroq 2020 yilda joriy qilingan karantin, qolaversa, qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni yuborish to‘xtatilgani sababli bu so‘rovnoma ham manziligacha yetib bora olmadi. Minsk va Kishinev Konvensiyalari doirasida ko‘rib chiqilayotgan juda ko‘plab masalalarning 80 foizidan ortig‘i FHDYO organlariga tegishlidir.

MASALANING HUQUQIY TOMONI...

Shu o‘rinda masalaning huquqiy tomoniga e’tiborinizni qaratsak. Qo‘shimcha xarajatlar, sud jarayonlarining va vakolatli organlarning so‘rovlarni ko‘rib chiqishi uchun ma’lum vaqt talab qilinishi tufayli javoblarning kechiktirilishi kabi fuqarolarga kelib chiqayotgan noqulayliklarning oldini olish maqsadida 2020 yilning 17 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4895-son “1993 yil 22 yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya va 2002 yil 7 oktyabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan Minsk va Kishinev Konvensiyalariga a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari ro‘yxatlari tasdiqlandi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish haqida hujjatlarni yuborish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish hamda yuridik shaxslar va boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxatdan o‘tganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilib olish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqishga Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi vakolatli organ etib belgilandi.

Endilikda agentlikning tegishli buyrug‘i bilan mazkur Konvensiyalar doirasida huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Agentlikning hududiy boshqarmalari mas’ul etib belgilandi. Ushbu vakolatdan foydalangan holda DXA Qashqadaryo viloyat boshqarmasi qayta shakllantirilgan so‘rovnomani 2020 yil dekabr oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Federatsiyasi Omsk shahrining FHDYO bo‘limiga yuborib, javobini bir oyda olish imkoniga ega bo‘ldi.

2013 yildan beri farzandlariga takroriy guvohnoma olishda sarson bo‘lgan va 2019 yilda Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilgan Qurbon akaning ishi va nihoyat hal bo‘ldi. Endi uning 3 nafar farzandining tug‘ilganlik guvohnomalari bor!  

Farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarini olar ekan, Qurbon aka faqat bir narsadan afsus chekishini bildirdi: “Men bolalarimning hujjatiga bee’tibor bo‘ldim. Endi katta farzandim o‘z orzusiga kechikib erishadigan bo‘ldi. Metrikasining asli yo‘qligi uchun unga pasport ham ololmadik, u o‘qishga topshira olmadi. Bunga albatta meni loqaydligim sabab bo‘ldi deyishim mumkin”, dedi Qurbon aka.

Mohidil Ravshanova,

DXA Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Axborot xizmati

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident portaliga 2019 yilda murojaat qilgan fuqaroning ishi 2021 yilda hal bo‘ldi