Pretoriya shimolida vabo tarqalgani aytilmoqda
Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) Gauteng provinsiyasi sog‘liqni saqlash departamenti vakili Motalalale Modibaning ma’lum qilishicha, Pretoriya shahri yaqinida vabo epidemiyasi tarqalgan, deb yozmoqda TASS agentligi.
Poytaxt shahardan shimolda joylashgan Xammanskraal tumanida vabo tarqalishi oqibatida hozirgacha 12 kishi qurbon bo‘lgan. Yana 37 kishi vabo alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Umuman, provinsiyaning barcha hududida, jumladan, Yoxannesburgda kamida 100 kishida vabo xastaligi aniqlangan.
Bu galgi vabo tarqalishi Afrika janubida 2022 yil bahorda boshlandi. Epidemiya o‘chog‘i Malavi janubida joylashgani aytilmoqda. 2023 yilda vabo bilan xastalanish Afrika janubidagi sakkizta mamlakatda aniqlandi. Eng ko‘p bemorlar Malavida (58 ming) va Mozambikda (26 ming) ro‘yxatga olingan. Hatto, kasallik Zimbabve poytaxti Xarareda ham qayd etilgan. JAR bilan Zimbabve quruqlik orqali chegaradosh mamlakat hisoblanadi.