Premera: “Uy” nomli qisqa metrajli o‘zbek multfilmi
Bolalar uchun mo‘ljallangan “Uy” nomli qisqa metrajli o‘zbek multfilmi premera qilindi.
Ushbu animatsion film Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan ishlangan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalashib, bir necha yuz ming tomoshabinning e’tiborini tortdi.
Film zamonaviy dunyodagi muhim ijtimoiy muammolardan biriga e’tibor qaratadi. Insonlarni o‘z “uyini” tartibga solishga undaydi.
Multfilmning markaziy voqeasi kitoblarning uyni tark etishga majbur bo‘lishi va ularning o‘rnini ijtimoiy tarmoqlar egallashi atrofida qurilgan. Bu ramziy tasvir orqali insonlarning zamonaviy hayot tarzi va qadriyatlaridagi o‘zgarishlar ochib beriladi.
Filmning mazmuni har bir tomoshabinni chuqur mulohazaga chorlab, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni jonlantirishi shubhasiz.
O‘zA