Polvonlarimiz Osiyo chempionligi uchun kurashni boshladi
Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bugun, 6-aprel kuni start oladi va 12-aprel kuniga qadar davom etadi. Unda polvonlar yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha raqobatlashadi.
Musobaqani doimgidek yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar boshlab beradi. Ushbu yo‘nalishdagi bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi vakillari gilamga chiqadi.
Ma’lumot uchun, yunon-rum ko‘rashi bo‘yicha 2025-yilda Amman shahrida tashkil etilgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA