Nukusda kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda nuroniy polvonlar o‘rtasida respublika turniri bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada Nukus shahri va tumanlardan 13 ta jamoa ishtirok etdi.
Murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida umumjamoa hisobida Amudaryo tumani polvonlari birinchi, Kegeyli tumani ikkinchi, Mo‘ynoq tumani uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-19183]
Shuningdek, 35-45 yosh orasidagi polvonlar o‘rtasida o‘z vazn toifasida Kegeyli tumanidan Nurlanbek Adilbayev, Karamat Sapalaqov, Qorao‘zak tumanidan Sultaniyoz Qaniyazov, Nukus shahridan Nizamatdin Xojabayev, Sho‘manoy tumanidan Aybek Abdixaliqov barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 45-55 yosh orasidagi polvonlar o‘rtasida Qonliko‘l tumanidan Baxitboy Xojamuratov, Kegeyli tumanidan Azamat Nurimov, Zaretdin Baljanov, Jaras Bayekeyev, Nukus shahridan Ravshan Xoliqovga teng keladigan raqib topilmadi.
55-65 yosh orasidagi polvonlar o‘rtasida bellashuvlar ham qiziqarli o‘tdi. Ushbu bellashuvlarda Qonliko‘l tumanidan Yusup Abdullayev, Oralbay Sharapov, Kegeyli tumanidan O‘mrtoy Utemuratov, Qo‘ng‘irot tumanidan Amangeldi Aytbayev hamda Amudaryo tumanidan Farhad Aymanov o‘z vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar hamda nuroniy polvonlar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.