Pirs Morgan: “Messi hatto tarixdagi eng yaxshi argentinalik futbolchi ham emas”
Men uchun Diego Maradona undan ustun.
Britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan Lionel Messini futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi deb hisoblamasligini aytdi.
Morganning fikricha, Messi nafaqat barcha davrlarning eng yaxshisi emas, balki Argentina tarixidagi eng kuchli futbolchi ham emas.
"Ko‘pchilik eng buyuk futbolchi Messi deb hisoblaydi. Men esa Messi hatto tarixdagi eng yaxshi argentinalik futbolchi ham emas, deb o‘ylayman. Men uchun Diego Maradona undan ustun.
Men doim bitta savolni beraman: sovuq, yomg‘irli Stokdagi o‘yinda hayotingizni saqlab qoladigan bitta gol urishi kerak bo‘lsa, tarixdagi qaysi futbolchini tanlaysiz? Men bu vaziyatda Krishtianu Ronalduni tanlayman.
Men uchun u shunchaki aqlbovar qilmas futbolchi. U bilan yaqin do‘st bo‘lganimdan faxrlanaman. U ajoyib inson, biz doim aloqadamiz", — dedi Morgan.
Shu tariqa, Morgan yana bir bor Ronalduni Messi va boshqa hujumchilardan ustun qo‘yishini ma’lum qildi.