Pirniyazova Turdigul Omirzakovnaning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Qoraqalpog‘iston tarixi bo‘yicha memuar adabiyotlar (1917-1991 yy.)» mavzusida
Pirniyazova Turdigul Omirzakovnaning 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha «Qoraqalpog‘iston tarixi bo‘yicha memuar adabiyotlar (1917-1991 yy.)» mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 27-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 230100, Nukus shaxri, Ch.Abdirov ko‘chasi,1 uy, Qoraqalpoq davlat universiteti
Tel.: (+99861) 222-60-49.
e-mail: karsu.info@edu.uz