Pilla mavsumi ishlari samarali davom ettirilmoqda
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov boshchiligida respublikada pilla mavsumi ishlarini samarali davom ettirish bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, joriy yil 1-2 mavsumda 443 ming 560 quti ipak qurti parvarishlanib 25,7 ming tonna pilla xomashyosi yetishtirilishi ko‘zda tutilgan. Shundan, 3,1 trillion so‘mlik ipak mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Viloyatlardagi korxonalarning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, ipak qurtlarining har 1 qutisi uchun pillakorlarga 300-500 ming so‘mdan naqd pul ko‘rinishida yoki 1 qop un va 5 litrdan o‘simlik yog‘i avans sifatida tarqatilmoqda.

Yig‘ilishda mazkur ishlar nazoratini kuchaytirish va pilla hosilini sifatli terib olish masalalari ham muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA