“Pfizer” va “Moderna” vaksinalarining xavfsizligi isbotlandi
“Pfizer” va “Moderna” vaksinalarining RNKsi, ya’ni ribonuklein kislotasi inson salomatligi va xavfsizligiga zarar yetkazuvchi salbiy oqibatlarga aloqador emas.
6 milliondan ortiq tibbiy qaydni o‘rganib chiqqan “Kaiser Permanente” notijorat tashkiloti mutaxassislari shunday xulosaga keldi.
“EurekAlert” ma’lumotiga ko‘ra, tadqiqotda 2020 yil dekabridan 2021 yilning 26 mayigacha bo‘lgan natijalar taqdim etilgan.
Tahlil jarayonida vaksinalar bilan emlangan kishilarning dastlabki uch haftalik, shuningdek, olti haftagacha bo‘lgan holati o‘rganilgan.