Peru prezidenti Manuel Merino iste’fo berdi
Uning iste’fosi mamakatda noroziliklar to‘xtamayotgani sababli e’lon qilingani aytilmoqda.
Merinoning bayonoti RPP radiosi orqali o‘qib eshittirilgan.
Peru Kongressi 9 noyabrda prezident Martin Viskarrning o‘z vazifasini bajara olmayotganini tan olib, uning impichmenti uchun ovoz bergan edi. Sobiq davlat rahbarini 2011-2014 yillar oralig‘ida Mokeguada gubernator bo‘lgan chog‘da poraxo‘rlik qilganlikda ayblashgan.
Impichmentning ertasi kuni uning o‘rnini kongress spikeri egalladi. Shundan keyin mamlakatda norozilik chiqishlar boshlanib ketdi va olti kundan buyon to‘xtamayapti.
Xabarda aytilishicha. kuni kecha miting ishtirokchilarini tarqatishda ikki kishi qurbon bo‘lgan, 94 kishi jarohat olgan.