Perseid meteor yomg‘iri 13-avgust kuni eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi (+video)
Perseid meteor yomg‘iri 13-avgust kuni eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi, osmonda oq meteorlar ko‘rinadi.
Yilning eng yorqin "yulduz uchishi" hodisasi deya ta’riflanayotgan ushbu hodisa Swift-Tittle kometasi qoldiqlari Yer atmosferasida yonib, go‘zal manzara hosil qiladi. Bir soatda 60 tagacha meteor ko‘rish mumkin.
Xalqaro planetariylarning ma’lumotlariga ko‘ra, Perseidlar tungi osmonni tezda kesib o‘tadigan yorqin oq meteorlari bilan ajralib turadi. Ulardan eng yorqinlarining yorug‘ligi bir necha soniya davom etishi mumkin. Bunday g‘ayrioddiy yorqin meteorlar bolids deb ataladi.
Meteor yomg‘iridagi zarrachalarning harakat tezligi sekundiga taxminan 60 kilometrga yetadi. Perseidlar Yer 109P/Swift-Tittle kometasi qoldirgan chang buluti orasidan o‘tganda paydo bo‘ladi.
Kometa Quyosh atrofida taxminan 134 yilda bir marta aylanadi. Keyingi safar u Yerga 2126-yil 12-iyulda yaqinlashadi.
Har yili avgust oyida Yer bu kometa qoldirgan kosmik chang va muz zarralari buluti orasidan o‘tadi. Atmosferada qum zarralari kabi mayda zarralar yonib, osmonda yorqin iz qoldiradi. Bu hodisa xalq orasida "otilayotgan yulduz" deb ataladi.
Meteor yog‘inlarining eng faol davri avgust oyining kechalariga to‘g‘ri keladi, shundan so‘ng uning intensivligi asta-sekin pasayadi.
Ma’lumot uchun, Meteor yomg‘iri — Yer atmosferasiga kometa yoki asteroid qoldiqlari juda yuqori tezlikda kirib kelib, yonib ketishi tufayli osmonda ko‘plab "uchuvchi yulduzlar" hosil bo‘ladigan tabiiy astronomik hodisa. Bu vaqtda qisqa vaqt ichida yulab yoki o‘nlab meteorlar bir nuqtadan otilib chiqayotgandek ko‘rinadi. Kometalar quyoshga yaqinlashganda o‘z orqasidan chang va tosh zarralarini qoldiradi. Yer har yili orbitasi bo‘ylab harakatlanib, shu chang izidan o‘tganda meteor oqimlari yuzaga keladi.
Zarralar Yer atmosferasiga juda katta tezlikda (sekundiga o‘nlab kilometr) uriladi va havo bilan ishqalanib qizib, porlaydi. Bu mayda zarralar Yer sirtiga yetib kelmasdan butunlay havoda yonib tugaydi, shuning uchun odamlar yoki tabiatga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
https://youtu.be/FloI0h5f4m4?si=wQDe9pg79NqBxRfk
Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA