Pentagon: Arab dengizidagi 1550 kemada 22 500 dengizchi qolib ketgan
Pentagon rahbari Pit Xegset ishtirokidagi matbuot anjumanida AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keyn sulh tuzilgandan beri Eron to‘qqiz kemaga hujum qilgani, ikki tankerni egallab olgani va Amerika kuchlariga 10-martadan ko‘p hujum uyushtirilganini ma’lum qildi.
Binobarin, mulozimning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam o‘sha payt muhim amaliyot boshlash uchun zarur bo‘lgan ehtimoliy miqdordan kam.
Keyn Tehron tomonidan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish to‘sib qo‘yilishi ortidan Arab dengizida 1550 dan ziyod kema harakatsiz qolib ketganiga ham e’tibor qaratdi. O‘sha kemalarda 22 500 dengizchi bor.
Xegset esa “Ozodlik loyihasi” Qo‘shma Shtatlar uchun muvaqqat tadbir ekanini ta’kidladi.
– Avval ham aytganman: dunyo bu suv yo‘liga bizdan ko‘ra ko‘proq muhtoj, – degan u. – To‘g‘ri, savdo tiklanishi uchun vaziyatni barqarorlashtiryapmiz. Shu bilan birga xalqaro hamjamiyat ham tashabbus ko‘rsatishini kutamiz.
S.Rahimov, O‘zA