Pedagoglar musobaqasi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Andijon viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning pedagog xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qolaversa, beshta muhim tashabbus doirasida sport va sog‘lomlashtirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol, erkaklar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalar qizg‘in hamda murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, voleybol bo‘yicha Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ayollar jamoasi finalda Xo‘jaobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
[gallery-10854]
Futbol musobaqasida birinchi o‘rinni Qo‘rg‘ontepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi egalladi. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Andijon viloyati hududiy bo‘limining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (surat), O‘zA