Payariqda ham koʻchma doʻkonlar tashkil etildi
Tuman hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, maxsus jihozlangan va dezinfeksiya qilingan 10 ta avtomobilda 15 tonnadan ortiq oziq-ovqat va kundalik turmush uchun zarur mahsulotlar joylanib, qishloqlar tomon yoʻl oldi.
Payariq tuman hokimligi tuman prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va tuman davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda tumanning olis hududlari aholisi uchun koʻchma savdo doʻkonlari tashkil qildi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, maxsus jihozlangan va dezinfeksiya qilingan 10 ta avtomobilda 15 tonnadan ortiq oziq-ovqat va kundalik turmush uchun zarur mahsulotlar joylanib, qishloqlar tomon yoʻl oldi.
Koʻchma savdo doʻkonlarini yurituvchi tadbirkorlarga mahsulotlarni arzon narxlarda sotish yuzasidan koʻrsatma berilgan. Buning uchun ularga bir qator imkoniyat va imtiyozlar ham yaratilgan.
Bugun koʻchma doʻkonlar Polvonariq, Shoʻrtepa, Taraqqiyot, Doʻstlik, Juvozxona mahallalari aholisi xizmatida boʻldi.