“Paxtakor” “Nasaf”ni safarda yengdi
Poytaxtimizning bosh jamoasi ushbu g‘alabani uzoq kutdi.
O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida “Nasaf” o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda poytaxtliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 15-daqiqada avtogol evaziga ochildi. 48-daqiqada Sharof Muhiddinov “Nasaf”ning javob golini kiritib, hisobni tenglashtirdi. Biroq, 71-daqiqada Oybek Bozorov “Paxtakor”ga g‘alaba taqdim etgan golni urdi.
Shu tariqa, “Paxtakor” chempionatdagi navbatdagi uch ochkosini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 38 taga yetkazdi. “Nasaf” esa 25 ochko bilan qoldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA