“Paxtakor” muhim g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha Osiyo Elit chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida “Paxtakor” – “Al-Hilol” klublari o‘zaro raqobatlashdi.
Poytaxtimizdagi “Jar” stadionida o‘tgan o‘yinning 29-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi a’zosi Riaskosning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Flamarion golga aylantirdi.

Shu tariqa “Paxtakor” – “Al-Hilol” o‘rtasidagi o‘yin 1:0 hisobida yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” hamda “Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 11 mart kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA