“Paxtakor” mahallasida bir kun
Loyiha doirasidagi ilk manzil poytaxtimizning Uchtepa tumani “Paxtakor” MFY bo‘ldi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan hamkorlikda yangi – “Mahallada bir kun” loyihasini boshladi.
Loyiha doirasidagi ilk manzil poytaxtimizning Uchtepa tumani “Paxtakor” MFY bo‘ldi.
Mahalla oqsoqoli Sanjar Jalolov deyarli har kuni ishni umumta’lim maktabiga borishdan boshlar ekan. Ularga hamroh bo‘lib, avval umumta’lim maktabi, so‘ng kuni kecha ta’mirdan chiqqan, bolalarni qabul qilishga tayyor qilib qo‘yilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va 26-oilaviy poliklinikaga bordik.
So‘ng mahalla faollari yig‘ilishi kerakligi hisobga olinib, MFY binosiga qaytdik.
Mahallaning o‘tgan 2019 yil sentabr oyida ta’mirdan chiqarilgan yangi binosi barcha qulayliklarga ega.
Mahallada o‘tgan bir kunimizda mahalla raisi, mas’ullari, faol fuqarolari bilan oiladagi ajrimlar, dabdabali to‘ylar, aholini qiynayotgan muammolar, amalga oshirilgan ishlar, imkoniyatlar xususida suhbatlashdik.