Ikki oylik tanaffusdan so‘ng, qit’amiz futbol klublarining eng katta turnirlaridan biri bo‘lgan Osiyo Elit chempionlar ligasining navbatdagi turi start oldi. Aniqrog‘i, 2024-25 yilgi mavsumda yangicha formatda o‘tayotgan mazkur musobaqaning 7-turi doirasida dastlabki bahslar o‘tkazildi.

Unda “Al-Ayn” – “Al-Rayyan” 1:2,  “Istiqlol” – “Al-Shorta” 1:1, “Al-Sadd” – “Al-Ahli” 1:3, “Al-Nasr” – “Al-Vasl” 4:0 hisoblari qayd etildi.    

Mazkur natijalardan so‘ng “Al-Ahli” klubi ochkolarini 19 taga yetkazib olgan holda peshqadamga aylandi. “Al-Nasr” esa yirik g‘alaba evaziga ochkolar sonini 16 taga yetkazib, “Al-Hilol” jamoasiga yetib oldi. Shuningdek, “Al-Sadd” 12, “Al-Vasl” 10, “Al-Rayyan” 8,  “Persepolis” va “Istiqlol” klublari 6 ochko jamg‘arib, kuchli 8 talikka yakun yasab berdi. “Paxtakor” va “Al-Garafa” hozirda 4 ochko bilan 9-10 o‘rinlarda borayotgan bo‘lsa, “Al-Shorta” 3, “Al-Ayn” esa 2 ochko bilan keyingi quyi o‘rinlarda qoldi.  

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bugun, 4 fevral kuni liganing 7-turi doirasida “Al-Garafa” – “Paxtakor”, “Al-Hilol” – “Persepolis” klublari o‘zaro raqobatlashadi.    

Ushbu uchrashuvlardagi qayd etilgan natijalardan so‘ng, yuqoridagi jadval biroz o‘zgarishi mumkin. Biz uchun ahamiyatlisi esa poytaxtimiz klubi “Paxtakor” safarda o‘tadigan “Al-Garafa”ga qarshi o‘yinda zafar quchsa, ochkolarini 7 taga yetkazgan holda “Al-Hilol” – “Persepolis” bahsi natijasidan qat’i nazar kuchli sakkiztalikka qo‘shiladi.  

Endi esa “Al-Garafa” va “Paxtakor” klublariga oid ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.  

Bu jamoalar ilk bor 2002 yil OCHL musobaqasining 3-saralash raundida Dohada raqobatlashgan. Unda “Paxtakor” 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan va Toshkentda raqibni 3:0 hisobida dog‘da qoldirgan. 2008 yil OCHL guruh bosqichida Qatarda 2:2 natijasi qayd etilgan. Toshkentda "Paxtakor" yana raqibdan kuchliroq ekanini isbotlagan holda 2:0 hisobida zafar quchgan. 

Shuningdek, 2010 yil nimchorak finalda "Al-Garafa" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2018 yilgi musobaqaning pley-off bosqichida “sherlar” ustidan raqib jamoa 2:1 hisobida zafar quchgan.  

“Paxtakor” shu kunga qadar Qatarning 6 klubi – “Al-Garafa”, "Al-Sadd", "Duhayl", “Qatar” SK, “Arabi” va " Al-Rayyan" jamoalariga qarshi jami 19 uchrashuvda maydonga tushgan va 5 tadan g‘alaba va durang hamda 9 mag‘lubiyat natija ko‘rsatgan.  

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo Elit chempionlar ligasining 7-turidan o‘rin olgan "Al-Garafa" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan ushbu bellashuvda mezbonlar sariq rangli libosda harakat qilsa, toshkentliklar oq-ko‘k rangdagi futbolkalarda maydonga tushadi.    

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” joriy yildagi ilk rasmiy uchrashuvida faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi