Paxta hosildorligi 50 sentnerga yetkaziladi
Bu haqda davlatimiz rahbarining joriy yil 28 yanvardagi "Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilab qo‘yildi.
Mazkur hujjatga asosan, Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda.

Endilikda, Markaz tomonidan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urug‘liklarini ichki va tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi asosida sotish tashkil etiladi.
Shuningdek, 2022–2025 yillarda paxta hosildorligi 50 sentnerga, boshoqli don 90 sentnerga yetkaziladi. 200 ming gektar sug‘oriladigan yer qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Kelgusida urug‘lik chigit va urug‘lik don tayyorlash sexlarini to‘liq modernizatsiya qilish uchun 26,5 million AQSH dollari yo‘naltiriladi.
O‘zA