Pau Kubarsi: "So‘nggi yillarga qarasak, Ispaniya jahon chempionatining favoritlaridan biri"
Jamoamiz bitta katta oila va bu omil mundialda g‘oliblik uchun kurashda jiddiy ustunlik beradi.
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi bo‘lajak mundialda terma jamoasining ishtiroki haqida gapirdi.
"O‘ylaymanki, so‘nggi yillardagi o‘yinlarni va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni hisobga olsak, Ispaniya jahon chempionatining favoritlaridan sanaladi. Jamoamiz bitta katta oila va bu omil mundialda g‘oliblik uchun kurashda jiddiy ustunlik beradi. Bizda ajoyib tarkib bor va jahon chempionatiga boradigan har bir futbolchi mamlakatni baxtli qilish uchun bor kuchini sarflaydi", - dedi Kubarsi.
Yevropa chempionatining amaldagi g‘oliblari mundialning guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni v Urugvay terma jamoalari bilan kuch sinashadi.