Partiya faollari va deputatlar tashabbus ko‘rsatmoqda
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari ko‘chat ekish aksiyasida faol ishtirok etmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, tuman va shahar Kengashlari, deputatlar va partiya faollari hududlarda ko‘chat ekib, yurtimiz aholisining sog‘lom turmush tarzini yanada yaxshilashga munosib hissa qo‘shmoqda.

– Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan loyiha Orolbo‘yi aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Axmed Reymov. – Shuning uchun ham daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida faol ishtirok etish, ularni parvarishlash har birimizning burchimizdir.
Mazkur aksiya doirasidagi ishlar joylarda davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA