Paraosiyo o‘yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi mash’ala estafetasida qatnashdi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shahrida boshlangan V yozgi Paraosiyo o‘yinlari doirasida mash’ala estafetasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbariyati va Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vakillari qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva hamda qo‘mita raisi, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Toshxo‘jayev ishtirok etdi. Estafeta jarayonida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid mash’alani Shahnoza Mirziyoyevaga topshirdi.
Mazkur tadbir paralimpiya harakatining asosiy qadriyatlari, jumladan, teng imkoniyatlar va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.





Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA