Para suzuvchilarimiz Qohirada matonat ko‘rsatmoqda
Ayni kunlarda Misr poytaxti Qohira shahrida para suzish bo‘yicha o‘tayotgan Qohira ochiq chempionatida mamlakatimizning matonatli sportchilari munosib ishtirok etmoqda.
Musobaqaning S6 klassida 50 va 100 metrga batterflyay usulda suzish hamda 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtimiz Sardor Baxtiyorov munosib natijalarni qayd etib, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ushbu dasturdagi ayollar musobaqasida terma jamoamiz a’zosi Azizaxon Karimova barcha raqiblarini dog‘da qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

30 noyabrga qadar davom etadigan xalqaro musobaqada vakillarimiz hozircha 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan umumjamoada kuchli beshlikda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qohirada o‘tayotgan musobaqada mamlakatimizning 7 nafar irodali para sportchisi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA