Para dzyudochilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati
Qozog‘iston mezbonlik qilgan para dzyudo bo‘yicha “IBSA Grand Prix Astana – 2026” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. Dunyoning 24 davlatidan 140 nafar atlet ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli qatnashdi.
Gran-prining so‘nggi kungi bellashuvlarida vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hususan, ayollar o‘rtasida J1 klassi 60 kilogramm vazn toifasida Uljon Amriyeva barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionga aylandi. J1 klassi +70 kilogramm vaznda Feruza Ergasheva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, J2 klassining +70 kilogramm vaznida Mohinur Parmonova musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medal bilan yakunlab, umumjamoa hisobida to‘rtinchi pog‘onani egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA