Samarqand shahar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida shaharning Mir Said Baraka ko‘chasida buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy yashagan va noshirlik faoliyati bilan shug‘ullangan bino uy-muzey sifatida ochildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 apreldagi qaroriga asosan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan uy-muzeyda ulug‘ ma’rifatparvar, noshir, jurnalistning hamda uning safdoshlarining hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, XX asr boshlariga tegishli noshirlik dastgohi, gazeta va jurnallar, turli ashyolar mavjud.

 Uy-muzeyining ochilish marosimida viloyat va shahar hokimligi mas’ullari, jamoatchilik vakillari va Behbudiyning avlodlari ishtirok etdi.

 Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu maskan Behbudiy va boshqa jadidchilik harakati vakillarining tahlikali davrdagi hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati, merosini o‘rganish, yoshlarda ular to‘g‘risida yorqin tasavvur shakllanishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

 – Bu bino Mahmudxo‘ja Behbudiy bobomiz yashaganlari uchungina bugungi avlod uchun qadrli emas, – deydi Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi D.Rahmatova. – Ushbu hovlida “Samarqand” gazetasi, “Oyina” jurnali chop etilgan. “Padarkush” dramasi ham shu yerda sahnalashtirilgan.

 Mahmudxo‘ja Behbudiy avlodlari buyuk ma’rifatparvar bobolari xizmatlarining e’tirof etilayotgani va uning nomi bilan bog‘liq maskanlar obod etilayotgani uchun davlatimizga minnatdorlik bildirdi.

 G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Padarkush" spektali sahnalashtirilgan xonadon uy-muzeyga aylantirildi