Joriy yilning 16 yanvar kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2020 yil yakunlari va 2021 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirib o‘tilgan vazifalarga to‘xtalinib, unda bank tizimiga doir masalalar chuqur o‘rganildi.

Ayniqsa, “Mahallabay” ishlash tizimi yuzasidan 11-16 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar natijalarini hududiy filiallar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda mazkur tizim bo‘yicha ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida Boshqaruv a’zolari tomonidan Bankning joriy yilga mo‘ljallangan strategik rejasi muhokama qilinib, Murojaatnomada keltirilgan sohaga oid vazifalarga muvofiqlashtirildi. 

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, Bankning 2020 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati sarhisob qilindi.

Hisobot davrida Bank aktivlari 49 trln. so‘mni, kredit portfeli 39,9 trln. so‘mni, jami depozitlar 11,4 trln. so‘mni hamda  umumiy kapitali 6,7 trln. so‘mni tashkil etdi.

2020 yil davomida bank tomonidan jami 978 ta loyiha, shundan hududlarni rivojlantirish dasturlariga asosan 966 ta loyiha moliyalashtirildi. 

Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz tekstil” MCHJning yiliga 5,8 ming tonna sintetik tola va mato ishlab chiqarish, Farg‘ona shahridagi “Uz-segang” qo‘shma korxonasining yillik quvvati 5,8 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, Sardoba tumanidagi “Sardoba oqsaroy tekstil” MCHJning yiliga tayyor holdagi 1,4 mln. dona mahsulot va 900 ming tonna mato ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihalari shular jumlasidandir.

Yig‘ilishda Bank tomonidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlarning ham hisoboti tinglandi.

Unga muvofiq, pandemiya sababli qiyin ahvolga tushib qolgan 1235 nafar tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash uchun 4 trln. so‘m, 91 ta eksportyorga 2,6 trln. so‘m kredit ajratilgani, 3 809 ta mijozning 2,9 trln. so‘mlik kreditlari muddati 6 oyga uzaytirilgani aytib o‘tildi.

132 ta eksportyorlarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 3,6 trln. so‘m moliyalashtirildi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yashil loyihalarni moliyalashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi, 31,9 mln. dollarlik 17 ta ana shunday loyiha moliyalashtirildi.

“SQB consult” kompaniyasi bilan hamkorlikda barcha hududlarda moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi. bugungi kunda kompaniya tadbirkorlarga biznes reja ishlab chiqish, mol-mulkni baholash, import shartnomasini ekspertiza qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari ko‘magidagi Bankni transformatsiya qilishning 2-bosqich ishlari yakuniga ko‘ra, Xalqaro standartlar asosida korporativ boshqaruv va risk menejment tizimi takomillashtirildi, Kengash tarkibiga bank-moliya sohasida xalqaro tajribaga ega 4 nafar mustaqil a’zo kiritildiKorporativ boshqaruv xizmati joriy qilinib, Kengash tarkibida 5 ta yangi qo‘mita tashkil etildi.

Mijozlarga yo‘naltirilgan Bankning yangi tashkiliy tuzilmasi joriy qilinib, xalqaro tajribalar asosida tashkiliy tuzilma 5 ta blokka ajratildi.

Har bir biznes yo‘nalishlarida mijozbay xizmat ko‘rsatuvchi universal xodimlar tayyorlandi (RM).

Mijozlarni tezkor kreditlash maqsadida tadbirkorlar uchun 26 turdagi, yirik korxonalarga 8 turdagi va aholi uchun 22 turdagi modulli kreditlar joriy qilindi. Natijada 630 mlrd. so‘m miqdorida 2197 ta modulli kreditlar ajratildi.

Tadbirkorlar va aholini kreditlashda inson omili ishtirok etmaydigan yangi skoring tizimiga asoslangan Anderrayting yo‘lga qo‘yildi. Avvalgi 5 pog‘onali kreditlash tizimi 2 pog‘onaliga tushirildi (2,5 trln. so‘m miqdorida 1964 ta kredit ma’qullandi).

Moliyaviy rejalashtirish ishlarini avtomatlashtirish yo‘nalishida Germaniyaning SAP kompaniyasi dasturi asosida moliyaviy prognozlashtirish tizimi ishga tushirildi.

CERT xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan hamkorlikda “antikorrupsiya” tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Chakana biznes yo‘nalishida ishlayotgan barcha xodimlarni KPI tizimi asosida rag‘batlantirilishi amalga tatbiq qilindi.

Raqamli bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lida aholi uchun mutlaqo yangi 58 ta xizmat turini o‘z ichiga olgan “JOYDA” mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova bilan birgalikda xizmat va tovarlarni iste’mol krediti hisobiga masofadan sotib olish imkonini beruvchi elektron savdo maydonchasi (marketpleys) tashkil etildi.

Bank xizmatlarini mijozlarga yaqinlashtirish maqsadida 42 ta bank xizmatlari ofisi va 89 ta o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish markazi (24/7) tashkil etildi.

Yig‘ilishda Boshqaruv a’zolari diqqati Bankni 2021 yilda strategik rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalarga qaratilib, unga ba’zi o‘zgartishlar kiritildi.

2021 yilda Bank umumiy aktivlari hajmini 52,2 trln. so‘mga, kredit portfelini 44,4 trln. so‘mga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning jami depozitlari qoldig‘ini 11 trln. so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida jami 488 ta loyihaga 8,3 trln. so‘m kreditlar ajratilishi belgilandi.

Jumladan, 16 ta yirik loyihaga 3,3 trln. so‘m, hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasidagi 283 ta loyihaga 4,1 trln. so‘m, boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar (189 ta) uchun esa 900 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratiladi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zsanoatqurilishbank: yil sarhisobi va istiqbolli rejalar