Ozoda Sobrjonova “Grand Prix Challenge” turnirida ikkinchi bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli “Grand Prix Challeng ” turnirida dunyoning 30 mamlakatidagi 330 nafardan ziyod taekvondochilar ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqada o‘zining 15 nafar sportchisi bilan qatnashdi.
Gran-prining uchinchi kunida vazni 67 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar orasida terma jamoamiz a’zosi Ozoda Sobirjonova so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida AQSH sharafini hisoya qilgan Kristina Tichot bilan raqobatlashdi. Afsuski, ushbu bellashuvda Ozodaga omad kulib boqmadi va kumush medal sohibasiga aylandi. Ispaniyalik Lena Moreno Reyes bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida aynan Janubiy Koreyaning Muju shahrida o‘tgan "World Taekwondo Diamond Games" turnirida Svetlana Osipova o‘z vaznida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA