Ozoda Sobirjonova Osiyo chempioniga aylandi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun samarali yakunlandi.
Pavel Xan boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari kun davomida yana 1 tadan oltin, kumush va ta bronza medaliga ega chiqdi.
Jumladan, Ozoda Sobirjonova (-67 kg) o‘z vaznida barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Yodgorbek Jo‘raboyev (-87 kg) kumush, Nazarali Nazarov (-63 kg) esa bronza medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, uch kunlik bahslar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining umumiy medallari soni 8 taga yetdi: 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza.
Musobaqa davom etmoqda va terma jamoamiz sportchilari keyingi kunlarda ham yuksak natijalar uchun kurashni davom ettiradi.
Ertaga, 24-may kuni Diyorbek To‘xliboyev (-68 kg), Jasurbek Jaysunov (-80 kg), Mironshohmirzo Muzaffarov (-80 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg), Shabbona Abduvaliyeva (-57 kg) va Diyora Azizova (-62 kg) chempionat bahslarida ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA