O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotidagi faoliyatining Turkiya telekanallarida yoritilishi
Barchinoy Musallamovna JURAEVA mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo davlatlar mediasida O‘zbekistonning tashkilotdagi ishtiroki va o‘rnining yoritilishi tahlil qilingan. Xususan, Turkiyaning “TRT Avaz” va “TRT Haber” telekanallarida O‘zbekiston mavzusiga bag‘ishlangan materiallar kontent va mazmun jihatidan o‘rganilib, mamlakatning TDT doirasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va axborot-media hamkorligidagi ishtirokiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek TDTning zamonaviy xalqaro platforma sifatidagi media obrazi hamda uni shakllantirishda O‘zbekiston omilining ahamiyati ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston, Turkiya mediasi, TRT Haber, TRT Avaz, mediadiskurs, media obraz, reprezentatsiya, turkiy dunyo, integratsiya, axborot hamkorligi, xalqaro platforma.