O‘zbekistonning eng uzoq g‘arbiy nuqtasi xazinalari (+video)
4-6-may kunlari Saygachiy qo‘riqxonasi hududida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda ekologiya mutaxassislari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar qo‘riqxonaning noyob bioxilma-xilligi, saqlanib qolgan yovvoyi tabiat maskanlari hamda muhofaza ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Press-tur doirasida mutaxassislar tomonidan hududdagi noyob hayvonot va o‘simlik dunyosini asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda ekoturizm imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zYYbWR4bzmg" title="O`zbekistonning eng uzoq g`arbiy nuqtasi xazinalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, O‘zA