O‘zbekistonlik sport mutaxassisi taqdirlandi
Shu kunlarda Qozog‘istonning Ostona shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati musobaqalari o‘tkazilmoqda. Chempionat doirasida Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS)ning navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi.
Kongress davomida sambo sportini dunyoda keng rivojlantirishga munosib xissa qo‘shayotgan bir guruh mutaxassislar Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ahamiyatlisi, taqdirlanganlar qatorida yurtdoshimiz, Osiyo-Okeaniya sambo federatsiyasi prezidenti Alamjon Mullayev ham bor. Alamjon Mullayev Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Mukofotni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan Xalqaro sambo federatsiyasi rahbari Vasiliy Shestakov yurtdoshimizga taqdim etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA