“Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Rossiyadan O‘zbekistonga qarab yo‘l oldi, deya xabar qilmoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, joriy yilning 30 iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan 2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema iyul oyining birinchi o‘n kunligida Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib kelgan edi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poyezdni mamlakatimizga olib kelishga hozirladi. 2021 yil 20 iyul kuni “Afrosiyob” poyezdi Sankt Peterburg shahridan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqdi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bundan 10 yil ilgari, 2011 yilda yurtimizga birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi  “Afrosiyob” poyezdi olib kelingan edi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga yangi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi olib kelinmoqda