O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotganlarning asosiy qismi MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi
O‘zbekistonga doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelayotgan xorijliklar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, yangi ish o‘rinlari va yashash sharoitlarining yaxshilanishi migratsiya oqimiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 721 nafar fuqaro doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga ko‘chib kelganlarning asosiy qismi MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, Rossiya va Qozog‘istondan kelganlar ulushi yuqori bo‘lgan.
Xorijdan doimiy yashash uchun kelganlarning davlatlar kesimidagi ulushi:
Rossiya — 34,1 %
Qozog‘iston — 19,7 %
Tojikiston — 12,2 %
Qirg‘iz Respublikasi — 4,9 %
Turkmaniston — 3,7 %
Boshqa davlatlar — 25,4 %
Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chib kelganlar:
Toshkent shahri — 454 nafar
Toshkent viloyati — 126 nafar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 56 nafar
Samarqand viloyati — 14 nafar
Farg‘ona viloyati — 11 nafar
Xorazm viloyati — 11 nafar
Sirdaryo viloyati — 10 nafar
Navoiy viloyati — 9 nafar
Buxoro viloyati — 8 nafar
Andijon viloyati — 6 nafar
Jizzax viloyati — 5 nafar
Namangan viloyati — 5 nafar
Surxondaryo viloyati — 5 nafar
Qashqadaryo viloyati — 1 nafar
Hamroz Bayonov,
O‘zA