Özbekistonga 9 oyda xorijdan 15,2 mlrd dollar pul ötkazildi (+video)
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonga xalqaro pul ötkazmalari orqali 15,2 mlrd dollar mablağ kelib tuşdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga yoki 1,3 mlrd dollarga köp.
Markaziy bankning içki valyuta bozori şarhiga köra, 2024-yilning şu davrida mamlakatga 11,3 mlrd dollar, 2025-yilda esa 13,9 mlrd dollar pul ötkazilgan.
Hisobot davrida jismoniy şaxslarning banklar bilan valyuta operasiyalari quyidagiça bölgan:
Valyuta sotiş - 18,9 mlrd dollar (ötgan yilgi 15,3 mlrd dollarga nisbatan 24 foizga köp);
Valyuta sotib oliş - 10,9 mlrd dollar (+27,9%);
Valyuta taklifining talabdan ustunligi - 7,9 mlrd dollar.
Markaziy bank taʼkidlaşiça, aholining banklarga sotgan xorijiy valyutasi xarid qilgan valyutasidan köp bölişi içki valyuta bozorida qöşimça taklif manbai bölib xizmat qilmoqda.
M.Turdaliyeva, I.Ismatov. ÖzA