O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 30 taga yetdi
O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 30 tani tashkil etgan.
Mazkur ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yilda 4,3 barobarga oshgan. Xususan, 2015/2016 o‘quv yilida mamlakatda 7 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2025/2026 o‘quv yiliga kelib ularning soni 30 taga yetgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni o‘quv yillari kesimida quyidagicha o‘zgargan:
2005/2006 o‘quv yili — 2 ta;
2010/2011 o‘quv yili — 6 ta;
2015/2016 o‘quv yili — 7 ta;
2020/2021 o‘quv yili — 18 ta;
2025/2026 o‘quv yili — 30 ta.
Shunday qilib, 2005/2006 o‘quv yilidan 2025/2026 o‘quv yiligacha bo‘lgan 20 yillik davrda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 15 barobarga oshgan.
Ayniqsa, so‘nggi besh yilda o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan. 2020/2021 o‘quv yilida 18 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2025/2026 o‘quv yili boshida bu ko‘rsatkich 30 taga yetgan.
Bayonov Hamroz, O‘zA