O‘zbekistonda Rossiya Fanlar akademiyasining vakolatxonasi ochiladi
Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi huzurida Rossiya Fanlar akademiyasi vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda.
TASS axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Fanlar akademiyasi vakolatxonasi sakkizta mamlakatda, jumladan, Belarus, Braziliya, Vetnam, Hindiston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston va Efiopiyada ochish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bu ilmiy-ekspert hamkorligini kengaytirish va qo‘shma tadqiqotlarni faollashtirishga imkon beradi.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA