Özbekistonda kino suratga oluvçi xorijiy kompaniyalar foyda soliğidan ozod etilişi mumkin
Qonun loyihasiga şarh Yurtimizda tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularga keng imkoniyatlar yaratiş va imtiyozlar beriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirib kelinmoqda.
Parlament quyi palatasida birinçi öqişda qabul qilingan tadbirkorlik subʼektlarini yanada qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qonun loyihasida tadbirkorlik faoliyatiga yanada yengillik beriş maqsadida bir qator soliq imtiyozlari öz aksini topgan.
Xususan, loyihaga köra, 2036-yilga qadar konsert-tomoşa, kinematografiya, bolalar kontenti subʼektlari, nodavlat teatr va teatr studiyalari hamda madaniyat va sanʼat yönalişidagi xususiy taşkilotlar qöşilgan qiymat soliği, foyda soliği, aylanmadan olinadigan soliq, yer va mulk soliqlari hamda xodimlarning daromad soliğidan ozod qilinişi belgilanmoqda. Şuningdek, Özbekistonda kino suratga oluvçi xorijiy kompaniyalar foyda soliğidan ozod etilişi közda tutilmoqda.
Şuningdek, aviakerosin importi va işlab çiqaruvçilarning realizatsiyasi 2026-yil 1-iyundan 2027-yil 1-iyungaça aksiz soliğidan ozod qilinişi nazarda tutilmoqda.
Yölovçilarni yengil avtomobilda taşuvçi özini özi band qilgan şaxslar 2030-yilga qadar ijtimoiy soliqni 10 foiz çegirma asosida tölaşi belgilanmoqda.
2031-yil 1-avgustgaça zamonaviy suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan, sanoatlaşgan boğlardagi burğilangan quduqlardan olingan suvlarga suv soliği bir söm miqdorida belgilanmoqda.

Qoramol, qöy va eçkilar importi 2026-yil 1-yanvardan 2029-yilga qadar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinişi hujjat loyihasida aks etmoqda. 2029-yil 1-yanvarga qadar teri va jun xomaşyosini yiğib oluvçi tadbirkorlar foyda, mulk, yer soliği va aylanmadan olinadigan soliqdan, çarm-poyabzal kiçik sanoat hududlarini boşqariş direksiyalari hamda Oltinköl tumanidagi çarm-poyabzal kiçik sanoat zonasini boşqariş direksiyasi foyda va yer soliğidan ozod qilinişi nazarda tutilmoqda.
Qayd etiş lozimki, qonun loyihasidagi normalar tadbirkorlik faoliyatini yuritişdagi ayrim moliyaviy va maʼmuriy çeklovlarni kamaytiriş, hududlarda işbilarmonlik faolligini oşiriş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA