O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni qancha?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida respublikamizda filiallar bilan birga jami 215 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 7 taga kamaygan.
Shu bilan birga, mamlakatda nodavlat sektorining ishtiroki ham ortib bormoqda. Hozirda 97 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti talabalarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida oliy ta’lim tashkilotlari soni:
Toshkent shahri — 98 ta
Toshkent viloyati — 19 ta
Samarqand viloyati — 14 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 11 ta
Buxoro viloyati — 11 ta
Andijon viloyati — 9 ta
Qashqadaryo viloyati — 9 ta
Farg‘ona viloyati — 9 ta
Surxondaryo viloyati — 8 ta
Xorazm viloyati — 8 ta
Namangan viloyati — 6 ta
Jizzax viloyati — 5 ta
Navoiy viloyati — 5 ta
Sirdaryo viloyati — 3 ta.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, oliy ta’lim tashkilotlarining qariyb yarmi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.
Toshkent shahri mamlakatning asosiy ta’lim markazi sifatida o‘z mavqeini saqlab qolmoqda.
Hamroz Bayonov,
O‘zA