O‘zbekistonda 9 oyda qancha sement ishlab chiqarilgan?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,6 foizni tashkil etdi.
Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 47,2 foiz, Navoiy viloyati 35,5 foiz hamda Farg‘ona viloyati 11,8 foiz hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimiz 2020 yilning 9 oyida Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan sement eksport qilingan.
O‘z navbatida yurtimizga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan qiymati 87,0 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan sement mahsuloti import qilingan.