O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokara bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.

Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri O‘zbekistonda davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi. “Pragmatik Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalqaro hamjamiyat tomonidan bir ovozdan e’tirof etilayotgan O‘zbekistondagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning yorqin natijalaridan ilhomlanamiz”, - dedi Xolid Al-Falih suhbat chog‘ida.

Saudiya kompaniyalarining O‘zbekiston energetika sohasidagi tajribasi ijobiy baholandi - o‘tgan yil 5 martda «ACWA Power» kompaniyasi rahbariyati bilan Sirdaryo viloyatida qiymati 1,2 milliard dollarga teng issiqlik elektr stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. «ACWA Power» kompaniyasi loyihasi hamkorligimizning muvaffaqiyatli namunasi hisoblanadi. Shu bilan birga, biz faqat energetika sohasidagi loyihalar bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Biz turli sohalardagi sherikligimizni sezilarli darajada oshirishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama tadbirlardan aniq natijalar kutmoqdamiz», - ta’kidladi Xolid Al-Falih.

Saudiya tomoni ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va ishbilarmon sheriklikni o‘rnatishga qiziqish bildirdi. Shu munosabat bilan janob vazir boshchiligida oy oxirigacha Saudiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida bir qator ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, investitsiyaviy hamkorlikning mavjud imkoniyatlari, birgalikda amalga oshiriladigan aniq loyihalar taqdim etiladigan O‘zbekiston-Saudiya biznes-forumi, har ikki mamlakat savdo-sanoat palatalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi, shuningdek, eng istiqbolli va o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish uchun «G2G», «G2B» va «B2B» shakllarida uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi tamal toshini qo‘yish marosimini o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasida 1,4 milliard dollarlik shamol elektr stansiyasi qurish uchun «ACWA Powyer» bilan investitsiya bitimini imzolash, shuningdek, Shirin shahrida energetika kollejini ochish rejalashtirilgan.

Muzokara davomida tomonlar ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida kooperatsiya uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vazirligi o‘rtasida yaqin hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, videokonferensiya yakunida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikning qishloq xo‘jaligi, turizm, transport sektori kabi yangi istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirib, aniq loyihalar ishlab chiqish uchun birgalikda tizimli ish olib borishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni: savdo-iqtisodiy sheriklik ko‘lami kengaymoqda