Özbekiston va Koreya Respublikasi: raqamli iqtisodiyot va ilğor texnologiyalar böyiça hamkorlik kengayişida parlamentlar hissa qöşadi
Özbekiston parlament delegatsiyasining Seulga taşrifi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Ço Çon Şik bilan uçraşdi.
Özaro muloqotda parlamentlararo aloqalarning sönggi yillarda yangi bosqiçga kötarilgani, parlament delegatsiyalarining özaro taşriflari muntazam tus olayotgani yuqori baholandi. 2025-yil dekabr oyida Toşkentda ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uçinçi yiğilişi mintaqaviy muloqotni rivojlantirişda muhim platforma sifatida eʼtirof etildi.
Parlament rahbarlarining kelgusi uçraşuvlari kun tartibiga davlat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş mexanizmlarini muhokama qiliş masalasini kiritiş taklif etildi. Hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş muloqotning muhim yönalişlaridan biri böldi. Xususan, parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatiga mahalliy kengaşlar deputatlarini jalb etiş taşabbuslari qöllab-quvvatlandi.

Taʼlim, soğliqni saqlaş, madaniyat va gumanitar sohalar bilan bir qatorda sunʼiy intellekt, muhim minerallar, raqamli iqtisodiyot va ilğor texnologiyalar yönalişlarida özaro aloqalarni çuqurlaştiriş muhimligi qayd etildi. Yakunda Özbekiston va Koreya Respublikasi parlamentlari hamkorligini şu yönalişlarda yanada kengaytirişga kelişib olindi.
N.Abduraimova,
ÖzA