Özbekiston va Iordaniya — Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqning özaro yaqinlaşuviga yangi surʼat bağişlayotgan davlatlar
Xalqaro munosabatlar özgarib borayotgan şaroitda Markaziy Osiyoning qöşni mintaqalar, jumladan, Yaqin Şarqning yetakçi mamlakatlari bilan şerikligi alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Uşbu şeriklikning mazmunini tobora savdo va investitsiyalar hajmidan köra sanoat kooperatsiyasi, texnologik rivojlaniş va muştarak maʼnaviy merosni asrab-avaylaş vazifalari belgilamoqda.
Şu nuqtai nazardan, Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Özbekistonning taşqi siyosiy ustuvor yönalişlarida alohida örin tutadi. Ikki mamlakat örtasida 1993-yil fevral oyida örnatilgan diplomatik aloqalar hamkorlikning asosiy sohalarini qamrab olgan izçil va köp qirrali munosabatlarga aylandi.
Siyosiy yaqinlaşuv va mintaqaviy diplomatiya
Özbekiston–Iordaniya aloqalarining izçil mustahkamlanişi köp jihatdan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning siyosiy irodasi bilan belgilanadi. Aynan ularning oliy darajadagi işonçli muloqoti tufayli mamlakatlar örtasidagi munosabatlar rivojiga kuçli surʼat bağişlandi.
Podşoh Abdulla II ibn al-Husaynning 2025-yil 25–26-avgust kunlari Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi tarixiy bosqiç böldi. Yetakçilarning Samarqanddagi ilk muzokaralari keng qamrovli şeriklikka ötişni belgilab berdi. Taşrif yakunida Qöşma bayonot hamda investitsiyalar, savdo, qişloq xöjaligi, taʼlim va boşqa yönalişlarni qamrab olgan 15 ta hujjatdan iborat töplam qabul qilindi. Şuningdek, Samarqand sammitida tomonlar BMT, Islom hamkorlik taşkiloti va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi yondaşuvlarni muvofiqlaştirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Şu bilan birga, Toşkent Ammonning tinçlikni taʼminlaşga qaratilgan global taşabbuslarini izçil qöllab-quvvatlamoqda. Ular orasida Podşoh Abdulla II taşabbusi bilan yölga qöyilgan «Aqaba jarayoni» — xavfsizlik va terrorizmga qarşi kuraşiş masalalari böyiça xalqaro hamkorlik platformasi — alohida örin tutadi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil noyabr oyida Ostona şahrida «Aqaba jarayoni» doirasida ötkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Iordaniya yetakçilari uçraşuvida qatnaşgani Özbekistonning uşbu jarayonga faol jalb etilganini amalda tasdiqladi. Mazkur uçraşuvda davlatimiz rahbari navbatdagi yiğilişlardan birini Samarqandda ötkaziş taklifini ilgari surdi.
Siyosiy muloqot 2025-yil sentabr oyida BMT Boş Assambleyasi doirasida, şuningdek, 2026-yilda Özbekiston va Iordaniya parlamentlari hamda taşqi siyosat idoralari vakillari örtasidagi uçraşuvlarda davom ettirildi. Aloqalarning bunday jadalligi amaliy şeriklik uçun mustahkam institutsional asos yaratmoqda. Uşbu asosga tayangan holda, Iordaniya Özbekiston uçun arab dunyosi bilan hamkorlikni kengaytirişning muhim yönalişiga, Toşkent esa Ammonning Markaziy Osiyodagi hamkoriga aylanişi mumkin.
Iqtisodiy hamkorlik: savdodan qöşma işlab çiqarişga
Özbekiston va Iordaniya örtasidagi özaro savdo barqaror ösib bormoqda. Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2017–2025-yillarda tovar ayirboşlaş hajmi 10 barobardan ziyod oşgan. Bunday sezilarli ösiş biznes vakillarining töğridan-töğri aloqalarga qiziqişi ortib borayotganini tasdiqlaydi. Bugungi kunda Özbekistonda Iordaniya kapitali iştirokidagi 18 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Işbilarmonlar kengaşi işbilarmon doiralar örtasida muloqotni yölga qöyişning samarali mexanizmi bölib xizmat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda tomonlar özaro tovar yetkazib beriş hajmini şunçaki oşirişni emas, balki yuqori qöşilgan qiymat yaratişga qaratilgan sanoat kooperatsiyasiga ötişni strategik maqsad sifatida belgilagan. Iordaniya iqtisodiyotining farmatsevtika, kimyo sanoati va xizmatlar kabi tarmoqlarga ixtisoslaşuvi Özbekistonning sanoat va resurs bazasini samarali töldirib, uçinçi mamlakatlar bozorlarini birgalikda özlaştiriş uçun zamin yaratadi.
Mazkur yönalişlar va hamkorlikning aniq mexanizmlari 2026-yil aprel oyida sanoatlaştiriş, agrosanoat majmuasi, farmatsevtika va logistika masalalariga bağişlangan Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişida atrofliça körib çiqildi. Şuningdek, tomonlar preferensial savdo töğrisidagi bitim loyihasi ustida iş boşlanganini tasdiqladi.
Farmatsevtika tarmoği hamkorlik eng puxta yölga qöyilgan yönaliş hisoblanadi. Iordaniya kompaniyalarining xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari işlab çiqariş tajribasi Özbekistonga talab yuqori bölgan dori vositalarini işlab çiqariş, texnologiyalar transferini amalga oşiriş, import örnini bosiş va Markaziy Osiyoga eksportni kengaytiriş vazifalarini hal etiş imkonini beradi. Özbekiston tomonining 2025-yil sentabr oyida «Dar Al-Dawa» kompaniyasi (1975-yilda taşkil etilgan, 40 dan ortiq mamlakatga mahsulot yetkazib beradi) bilan işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va sifat nazorati tizimlarini joriy etiş istiqbollari yuzasidan ötkazgan muzokaralari bunday loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş yuqori ekanini tasdiqladi.
2026-yil iyul oyida Ammon va Toşkent örtasida muntazam töğridan-töğri aviaqatnovlarning yölga qöyilişi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaşda muhim qadam böldi. «Royal Jordanian» aviakompaniyasi haftasiga ikki marta amalga oşiriladigan reyslarni yölga qöydi. Bu tadbirkorlar, sayyohlar va boşqalar uçun safar logistikasini sezilarli darajada soddalaştirdi.
Biroq ikki mamlakatning transport sohasidagi hamkorligi faqat yölovçi taşiş bilan çeklanmaydi. Toşkent uçun yangi tranzit yölaklarini izlaş uzoq muddatli asosiy vazifalardan biri bölib qolmoqda. Şu nuqtai nazardan, Iordaniyaning Aqaba porti va Podşohlikning arab davlatlari bilan tuzgan keng qamrovli savdo bitimlari tizimi Özbekiston uçun strategik ahamiyat kasb etişi mumkin. Mazkur afzalliklar Iordaniyani Özbekiston mahsulotlarini Yaqin Şarq va Afrika bozorlariga olib çiqiş uçun istiqbolli logistika markazi sifatida körib çiqiş imkonini beradi.
Umuman olganda, Toşkent va Ammon örtasidagi hamkorlik salohiyati ikki tomonlama kun tartibi doirasidan ança kengdir. Har ikki tomon bir-biri uçun mintaqadagi işonçli tayanç va iqtisodiy manfaatlarni ilgari suruvçi hamkor bölişi mumkin. Xususan, Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biri bölgan Özbekiston Iordaniya biznesini qöllab-quvvatlab, uning mintaqada faoliyat yuritişi uçun keng imkoniyatlar yaratişi mumkin.
Imkoniyatlarning bunday uyğunlaşuvi Markaziy Osiyo, Yaqin Şarq va Afrikani birlaştiruvçi barqaror iqtisodiy aloqalar tizimini bosqiçma-bosqiç şakllantiriş imkonini beradi.
Madaniy aloqalar: işonç poydevori va tarixiy sivilizatsiyalar muloqoti
Özbekiston va Iordaniyani boy islomiy maʼnaviy meros, ilm-fanga çuqur hurmat va madaniy anʼanalarni asrab-avaylaşga intiliş birlaştirib turadi. Uşbu muştaraklik yetakçi taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikda amaliy ifodasini topmoqda. Xususan, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi va Iordaniyaning Jahon islom ilmlari va taʼlim universiteti özaro şeriklikni anglaşuv memorandumi bilan mustahkamladi.
Akademik almaşinuvlar va qöşma loyihalar ikki mamlakat olimlarining ilmiy salohiyatini birlaştirib, islom sivilizatsiyasi, tarix va arabşunoslikni örganiş uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda. Bunday yondaşuv nafaqat ilğor uslublar almaşinuviga kömaklaşadi, balki xalqaro maydonda islomning insonparvarlik ğoyalarini keng tarğib eta oladigan tadqiqotçilarning yangi avlodini şakllantirişga ham yordam beradi.
Madaniy muloqot ham şu qadar jadal rivojlanmoqda. Iordaniya sanʼat namoyandalari Özbekistonda ötkazilgan nufuzli xalqaro maqom va xalq amaliy sanʼati festivallarida iştirok etdi.
Muntazam körgazmalar, ilmiy konferensiyalar va ijodiy uçraşuvlar uşbu aloqalarni mustahkamlaş imkonini beradi. Ular Toşkent va Ammon örtasida jonli köprik bölib, muştarak tarixiy merosni zamonaviy ilm-fan, madaniyat hamda Özbekiston va Iordaniya xalqlari örtasidagi döstlikni rivojlantirişga kuçli turtki beruvçi omilga aylantiradi.
Suv xavfsizligi: umumiy muammolar asosidagi şeriklik
Iordaniyaning öziga xos xususiyatlarini aks ettiruvçi yana bir yönaliş — suvdan oqilona foydalanişdir. Podşohlik çuçuk suv tanqisligi eng keskin bölgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Isteʼmolning ortişi, qurğoqçilik va iqlim özgarişi suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va yangi yeçimlarni qöllaşni talab etmoqda.
Xalqaro valyuta jamğarmasi baholariga köra, Iordaniyada qayta tiklanuvçi suv resurslari aholi jon boşiga yiliga atigi 60 kub metr atrofida bölib, mutlaq suv tanqisligi çegarasi 500 kub metrni taşkil etadi. Aqabadan tuzsizlantirilgan suv yetkazib beriş loyihasi yiliga 300 million kub metr suv yetkazişni nazarda tutadi va mamlakatning içimlik suviga bölgan ehtiyojining qariyb 40 foizini taʼminlaşi lozim.
Öz navbatida, Özbekiston suv tejovçi texnologiyalarni rivojlantiriş va joriy etişda katta salohiyatga ega. Sönggi yillarda mamlakat qişloq xöjaligida anʼanaviy suğoriş usullaridan zamonaviy suğoriş tizimlariga faol ötilmoqda. Agar 2017-yilda bunday texnologiyalar 28 ming gektar maydonda qöllanilgan bölsa, bugungi kunda ular 2,8 million gektarni, yaʼni respublikadagi jami suğoriladigan yerlarning qariyb 60 foizini qamrab olgan. Uşbu usullarni qöllaş har yili qariyb 5 milliard kub metr suvni tejaş imkonini bermoqda. 2028-yilga qadar esa mamlakatdagi suğoriladigan maydonlarning 80 foizigaça bölgan qismini suv tejovçi texnologiyalar bilan qamrab oliş rejalaştirilgan.
Şu jihatdan, Özbekiston va Iordaniyaning suv tejovçi texnologiyalar sohasidagi saʼy-harakatlarini birlaştiriş samarali va istiqbollidir, çunki har ikki davlat bu borada özining qimmatli amaliy tajribasiga ega.
Kelişuvlardan barqaror natijalarga
2025–2026-yillarda munosabatlarning faollaşuvi moliyaviy resurslar kölamiga emas, balki tomonlarning öziga xos ustunliklari bir-birini töldirişiga asoslangan şeriklik modelini şakllantirmoqda. Iordaniya diplomatik tajribasi, farmatsevtika, tibbiy xizmatlar va suv tanqisligini boşqariş sohalaridagi bilim va könikmalarini, Özbekiston esa ösib borayotgan bozori, işlab çiqariş quvvatlari, agrar salohiyati va Markaziy Osiyodagi iqtisodiy aloqalarini taklif etmoqda.
Uşbu imkoniyatlarni uyğunlaştiriş asosida farmatsevtika mahsulotlarini birgalikda işlab çiqarişni yölga qöyiş, suv tejaş böyiça tajriba loyihalarini amalga oşiriş, ilmiy-taʼlim dasturlarini rivojlantiriş hamda hamkorlikning asosiy sohalaridagi taşabbuslarni muvofiqlaştiriş ustuvor yönalişlar sifatida ilgari surilmoqda.
Şunday qilib, Özbekiston va Iordaniya iqtisodiy kooperatsiya siyosiy-diplomatik muloqot, şuningdek, suv xavfsizligi, soğliqni saqlaş va muştarak maʼnaviy merosni asrab-avaylaş sohalaridagi hamkorlik bilan töldiriladigan öziga xos şeriklik tizimini şakllantiriş uçun barça zarur şart-şaroitlarga ega. Tomonlarning uşbu salohiyatni aniq loyihalarda röyobga çiqariş qobiliyati ikki tomonlama aloqalarning barqarorligi va amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Kamolov Sarvar,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boş ilmiy xodimi.
ÖzA