Toshkentda 14 sentyabr kuni Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari E.Orazgeldiyev hamraisligida o‘tdi.

Majlisda investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, ilmiy-texnik, transport va tranzit, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlarining konstruktiv, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga sodiqligi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda Turkmaniston kapitali ishtirokida 160 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshdi.

Tomonlar ikki mamlakat salohiyatini hisobga olgan holda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va uzluksiz qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish zarurligi to‘g‘risida yakdil fikr bildirdi. Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati, maishiy texnika va qurilish materiallari sohalarida ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zaro savdoni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar ikki mamlakat bozorlariga mahsulotlarni barqaror yetkazib berishni ta’minlash hamda savdo aylanmasi hajmini yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetkazishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Ikki mamlakat tashqi savdo idoralari vazirlarining o‘rinbosarlari darajasidagi qo‘shma ishchi guruh bu yo‘nalishdagi takliflarni muntazam ravishda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, yaqin kelajakda O‘zbekiston – Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishish ham yakuniga yetkaziladi.

Transport sohasida ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tomonlar transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish, avia qatnovlarni bosqichma-bosqich qayta tiklash, 2022 yilda o‘zaro tarif imtiyozlarini taqdim etish, “Turkmanboshi” dengiz porti infratuzilmasidan foydalanish istiqbollari hamda boshqa tashabbuslarni nazarda tutuvchi qo‘shma choralarni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldilar.

Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari so‘zga chiqib, muayyan sohadagi hamkorlik qilishga doir navbatdagi tadbirlar haqida o‘z qarashlarini bayon etdi.

Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha energetika, neft va gaz, kimyo va avtomobil sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya, fan, ta’lim, sport va turizm sohalarida amaliy hamkorlik qilish bo‘yicha qator muhim kelishuvlarga erishildi.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi majlisi