Özbekiston – Tojikiston: oliy taʼlim sohasida hamkorlikning yangi bosqiçi
Yaqinda poytaxtimizda "Markaziy Osiyo - taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni" mavzusida xalqaro taʼlim forumi bölib ötdi. Uning doirasida Sotim Uluğzoda nomidagi Tojikiston xalqaro çet tillari universiteti va Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti örtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi.
Axborot hamkorimiz - “Xovar” AA yozişiça, uşbu hujjat ikki davlat universitetlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş yölidagi muhim qadam hisoblanadi. U akademik hamkorlikni kengaytiriş, taʼlim va ilmiy tajriba almaşiş, qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Şuningdek, bunday hamkorlik taʼlim sifatini oşiriş, talabalarga xorijiy taʼlim muassasalari tajribasini örganiş hamda kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
A.Mamatov, ÖzA