O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

Aeroport oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatilgan.

O‘zbekiston rahbarini kutib olishda ko‘plab yoshlar va ijodiy jamoalar ham ishtirok etdi.

Dushanbe shahridagi “Qasri Millat” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar bir-biriga rasmiy delegatsiya a’zolarini tanishtirdi. Faxriy qorovul tantanali marsh bilan davlat rahbarlari oldidan o‘tdi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligining barcha jihatlarini ko‘rib chiqdilar, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentimiz taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi.

– Qabul qilgan barcha qarorlarimiz amalga oshmoqda. O‘tgan davrda ikki tomonlama munosabatlarda ko‘p narsa o‘zgardi. Buni raqamlar ham aytib turibdi. 2017 yilda tovar ayirboshlash 70 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda, murakkab pandemiya yilida ushbu ko‘rsatkich ilk bor 500 million dollarga yetdi. Biz ushbu tashrifga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan aniq loyiha va shartnomalar imzolandi. Madaniy-gumanitar aloqalar haqida aytsak, birinchi bor Tojikistonda O‘zbekiston kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tdi, yaqin orada mamlakatlarimiz yoshlari Farg‘ona vodiysida uchrashadi. Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy yaqinligimiz bugun hayotga ko‘chmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, ushbu tashrifning ahamiyatini alohida qayd etdi.

– O‘zbekiston bizning strategik sherigimiz va ishonchli qo‘shnimiz. Tojikiston – O‘zbekiston munosabatlari bugun jadal rivojlanayotganidan mamnunmiz. Savdo-iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda. Mamlakatlarimiz mintaqaviy xavfsizlik borasida o‘zaro muvofiqlashib, yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini alohida qayd etmoqchiman. Bugun siz bilan munosabatlarimizning holati va istiqbollarini hamda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishga tayyorman, – deb ta’kidladi Emomali Rahmon.

Qo‘shma korxonalar soni 8 barobar ko‘payib, bugungi kunda 200 dan oshgani ta’kidlandi. Jumladan, Dushanbe shahrida maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi “Artel Avesto Elektroniks” qo‘shma korxonasi samarali ish yuritmoqda. Tashrif arafasida 30 dan ortiq shunday loyihalar ishlab chiqildi.

O‘tgan yilgi qiyin sharoitlarda ham yuk tashish va tranzit hajmi oshgani qayd etildi. Ikki tomonlama chegirma va imtiyozlar taqdim etilmoqda. Poytaxtlar o‘rtasida aviaqatnov tiklandi.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat hududlari salohiyatini samarali ishga solish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, madaniy-gumanitar almashinuv, barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi va o‘zi nomidan birodar Tojikistonni mustaqilligining bo‘lajak 30 yilligi bilan tabrikladi, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Davlatimiz rahbari Prezident Emomali Rahmonni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

Muzokaralarda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari, chegaradosh viloyatlar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli birodar mamlakatlarning munosabatlari teng huquqli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikning sifat jihatidan yangi darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

– Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan beqiyos ishlarni amalga oshirdik va ular o‘zaro munosabatlarimiz solnomasidan o‘rin oldi, – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Tomonlar strategik sheriklikni kengaytirishda qat’iy ekani va bu borada aniq choralarni ko‘rishga tayyorligini ta’kidladilar.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport sohasidagi va hududlar o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirish, energetika yo‘nalishidagi ulkan salohiyatni samarali ishga solish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tovar ayirboshlashdagi ijobiy sur’atga qaramay, kelgusi yilda uni ikki barobarga ko‘paytirish uchun yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish muhim ekanini aytdi. Shu maqsadda erkin savdo rejimidan istisnolarni bekor qilish va notarif to‘siqlarni bartaraf etish masalalarini kelishishni tez fursatda yakunlash muhim, deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.

O‘zaro tovar yetkazib berish hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, uchinchi mamlakatlarga birgalikda chiqish imkoniyatlarini izlash lozim.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston mamlakatlarimiz hududlari va yetakchi korxonalarining sanoat kooperatsiyasini kengaytirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.

– Muvaffaqiyatli hamkorlikning real misollari va istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor. Bu haqda so‘z yuritganda, O‘zbekiston avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish, zamonaviy transformatorlar va qishloq xo‘jaligi uskunalarini ishlab chiqarish, maishiy texnika va qurilish materiallari, kalava ip va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, mamlakatlarimizdagi boshqa qo‘shma loyihalarni tilga olish lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida samarali yo‘lga qo‘yish hamda uning imkoniyatlaridan loyihalarni ilgari surishda maksimal darajada foydalanish zarur.

Transport va tranzit tashishlar sohasidagi hamkorlik ham strategik yo‘nalishdir. O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, shaharlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini kengaytirish va avtobus qatnovlarini tiklashni taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat viloyatlari va tumanlari kesimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish muhim ekanini ta’kidladi.

Kuni kecha Xatlon viloyatining Boxtar shahrida o‘tgan birinchi hududlararo forum bunday shakldagi hamkorlikning samaradorligini yana bir bor isbotladi.

– Masalalarni tezkor hal qilish uchun hududlar rahbarlari izchil “harakatlar rejalari”ni kelishib olishlari va har oy kamida bir marta joylarda uchrashuvlar o‘tkazib borishlari lozim, – deb qayd etdi davlatimiz rahbari.

Ikki mamlakatning ulkan gidroenergetika salohiyatidan va suvdan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha konstruktiv va o‘zaro manfaatli muloqotni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Yetakchilar an’anaviy faol gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Davlatimiz rahbari diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma madaniy tadbirlar dasturini amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari festivalini tashkil etish, Dushanbe va Toshkentda zamonaviy o‘zbek va tojik adabiyotining tanlangan asarlari – antologiyalarini nashr etishni taklif etdi.

Muzokaralarda zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish sohasida, ayniqsa, Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat asnosida hamkorlikni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.

O‘zbekiston va Tojikiston Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirish, uni mintaqaviy iqtisodiy sheriklikka faol jalb etish tarafdori ekani ta’kidlandi.

Tomonlar BMT, MDH, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirish va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Prezident Emomali Rahmon Tojikiston birodar O‘zbekiston bilan hamkorlikda erishilgan bugungi yuksak darajani qadrlashini, bunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning katta hissasi borligini alohida ta’kidladi. Muzokaralar chog‘ida kelgusi ishlar uchun rejalar belgilab olingani, ularning natijalari ikki mamlakat strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish uchun yangi omil bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekistonning Samarqand viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyatida barpo etilgan ijtimoiy ob’ektlarning rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, ularning faoliyatiga start berdilar.

Xatlon viloyatining Ko‘bodiyon tumanidagi tibbiyot majmuasi O‘zbekiston tomonidan qurilgan. Ushbu 250 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona yiliga 75 ming nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Majmuada jarrohlik, urologiya, ko‘z xastaliklari, intensiv davolash va reanimatsiya, pediatriya, travmatologiya, ginekologiya, homiladorlik patologiyasi, tug‘ruqdan keyingi tiklanish va terapiya bo‘limlari mavjud.

Majmua tarkibidagi poliklinika bir smenada 300 nafar va bir yilda 219 ming nafardan ziyod bemorga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Tojikiston tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumanida umumta’lim maktabi barpo etildi. U 640 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.

Maktabning uch qavatli binosida 26 ta sinf, sport zali, faollar zali, oshxona, kutubxona, mehnat darslari va ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar uchun sinflar mavjud. O‘quv maskani kompyuter texnikasi va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

Marosimda ikki mamlakat vakillari so‘zga chiqib, davlat rahbarlariga birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibatni mustahkamlashga, fuqarolarimiz uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratayotgan alohida e’tibori uchun minnatdorlik bildirdilar.

Muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda erishilgan asosiy kelishuvlar mustahkamlab qo‘yilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

Davlat rahbarlari huzurida tashrif doirasida imzolangan O‘zbekiston – Tojikiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida, sanoat va yangi texnologiyalar sohasida, tog‘-kon sanoatida hamkorlik to‘g‘risida, Zarafshon daryosida GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida, Yuklar tranziti to‘g‘risidagi bitimlar, shuningdek, Diplomatik vakolatxonalar uchun yer maydonlarini o‘zaro taqdim etish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish, Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomalar, ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” almashildi.

Umuman, energetika, transport, avtomobilsozlik, elektrotexnika, tog‘-kon va yengil sanoat, fan, ta’lim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan jami 35 ta hujjat imzolandi.

Ushbu salmoqli hujjatlar to‘plami birodar mamlakat va xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada, har tomonlama rivojlantirish, ko‘p qirrali sheriklikni chuqurlashtirish yo‘lida yangi natijalarga erishish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ommaviy axborot vositalari uchun brifingda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralar har doimgidek ochiq, ishonchli va do‘stona ruhda o‘tganini ta’kidladilar.

– Biz mushtarak tarix va madaniyat, din, ma’naviy qadriyatlar va an’analar bilan chambarchas bog‘langan xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligini juda qadrlaymiz.

Shu yerda o‘tirgan ommaviy axborot vositalari vakillari va delegatsiyalar a’zolari keyingi bir necha yilda O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlari taraqqiyotida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar guvohidir.

Tojikiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash – O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh va o‘zgarmas ustuvor yo‘nalishi, – dedi davlatimiz rahbari. – Biz ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning barcha masalalarini diqqat bilan ko‘rib chiqdik. Shuni qayd etmoqchiman: hech bir yo‘nalish e’tibordan chetda qolmadi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar yangi o‘sish nuqtalarini belgilab oldilar, kelgusi yilda tovar ayirboshlashni ikki barobar oshirishni maqsad qilib belgiladilar. Yetakchilar ikki mamlakat hududlarining imkoniyatlarini maksimal darajada ishga tushirish, ularni tumanlar darajasida “bog‘lash”ga kelishib oldilar.

Davlat rahbarlari tashrif arafasida o‘tkazilgan Hududlar forumi va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishining samarali yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston va Tojikiston transport va tranzit sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Muzokaralarda yetakchilar temir yo‘l, avtomobil va havo transportida tashishlarni ko‘paytirish uchun bundan buyon ham qulay sharoit yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Prezident Emomali Rahmon, o‘z navbatida, agrar tarmoq, yengil, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tovar ayirboshlashning ko‘payishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qilishini qayd etdi. U ta’lim va tibbiyot sohalarida, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashishda sheriklik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bundan tashqari, Prezidentlar madaniyat, fan, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

– Biz mamlakatlarimizda barpo etilgan hamda bugun mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va sheriklikning yangi ramzlariga aylangan tibbiyot markazi va o‘quv muassasasi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu masalalarning barchasi ikki mamlakat Bosh vazirlari rahbarlik qilayotgan ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning bevosita nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Prezidentimiz Tojikiston rahbarining 2025 yilni Xalqaro muzliklarni muhofazalash yili, deb e’lon qilishi va Muzliklarni asrash xalqaro fondini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbuslarini O‘zbekiston to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

– bugungi muzokaralar ko‘p asrlik do‘stlik, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida niyatimiz jiddiy va qat’iy ekanini yana bir bor namoyish etdi, – dedi so‘zining yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev. – Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikda ikki birodar xalqning ravnaqi yo‘lida aniq, sezilarli natijalarga erishishga qaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahridagi “Do‘stiy” maydonida Ismoil Somoniy haykali poyiga gullar qo‘ydi.

So‘ng “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun Tojikistonning yuksak mukofoti – I darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni o‘qib eshittirildi. Ordenni davlatimiz rahbariga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tantanali ravishda topshirdi.

Davlatimiz rahbari yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, ushbu mukofot katta hurmat va ishonch ifodasi, xalqlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlar e’tirofi ekanini ta’kidladi.

Mamlakatlarimiz yaqin qo‘shni, xalqlarimizning muqaddas yeriyu suvi, dini bir, tarixi va taqdiri, tashvishu shodliklari mushtarak ekani qayd etildi.

– Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni rivojlantirib, katta maqsadlarimizga erisha olamiz. Biz doim bir-birimizga tayanch bo‘lishimiz, har qanday qiyinchilik va sinovlarni yelkama-yelka yengib o‘tishimiz lozim, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlarda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berib, ularni O‘zbekiston va Tojikistondagi millionlab odamlar o‘z kundalik hayotida his etmoqda.

– Bu O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarining yangi modeli, yangi muhitida o‘z aksini topmoqda. Eng muhimi, barcha sa’y-harakatlarimiz va amaliy ishlarimiz xalqlarimiz manfaatlari va orzu-intilishlariga to‘liq mosdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz ikki mamlakat san’at ustalarining bunday konsertlari xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy va samimiy do‘stlikni ifodalovchi yaxshi an’anaga aylangani, san’at xalqlarni yaqinlashtirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

– Insonga turli chegaralar o‘rnatish xos bo‘lsa, san’at chegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi – odamlarni birlashtirish. Mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusi va samimiy intilishidir. Biz ham, ikki davlat rahbarlari – o‘rtamizdagi chegaralar bizni ajratishga emas, faqat birlashtirishga xizmat qilishi uchun bundan buyon ham harakat qilamiz.

Tinchlik va osoyishtalikni asrash, kelajak avlodlar uchun mamlakatlarimizning barqaror va izchil taraqqiyotini ta’minlash – umumiy burchimiz, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Konsert dasturida iste’dodli san’atkorlar xalqlarimiz madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi va shu bilan birga, mushtarakligini namoyish etdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Tojikiston: do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichda