Özbekiston taşabbuslari turkiy davlatlar hamkorligi uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda
Jahon miqyosidagi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy jarayonlar fonida Turkiy davlatlar taşkiloti özining ösiş surʼatlarini tezlaştirib, madaniy-tarixiy muştaraklikdan amaliy va strategik şeriklik sari dadil qadam taşlamoqda.
Bugungi kunda davlatlar örtasidagi aloqalar yirik savdo-sotiq, sanoat kooperatsiyasi va yagona transport-logistika tizimlarini yaratişdek ulkan maqsadlarni özida mujassam etmoqda. Bu esa tuzilmaga aʼzo har bir mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlarini umumiy imkoniyatlar bilan uyğunlaştirişga xizmat qilmoqda.
Uşbu integratsiya jarayonlarida Özbekistonning örni va faolligi yil sayin ortib bormoqda. Davlatimiz ilgari surayotgan pragmatik va uzoqni közlagan taşabbuslar taşkilot doirasidagi hamkorlikka yangi nafas olib kirib, tarmoqlararo kooperatsiya, moliyaviy infratuzilma va gumanitar aloqalarni mustahkamlaşda muhim poydevor vazifasini ötayapti. Xöş, navbatdagi oliy darajadagi muloqotlarda bildirilgan takliflar turkiy dunyo uçun qanday real imkoniyatlarni yaratadi?
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori örinbosari Baxtiyor Mustafayevga murojaat qilib, Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 30-oktabr kuni Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitidagi iştiroki yakunlari xususida suhbatlaşdik.

– Özbekiston 2019-yildan buyon turkiy davlatlar birlaşmasining tölaqonli aʼzosi hisoblanadi. Bugun TDT mamlakatimiz taşqi siyosatida qanday örin tutmoqda va hamkorlikning iqtisodiy mazmunida qanday özgarişlar yuz berdi?
– Uşbu yönalişning ahamiyati savdo dinamikasida yaqqol körinadi. Turli maʼlumotlarga köra, Özbekistonning TDT davlatlari, jumladan, kuzatuvçi maqomidagi Turkmaniston va Vengriya bilan tovar aylanmasi 2017-yildagi 4,13 milliard dollardan 2025-yilda 10,82 milliard dollargaça, yaʼni qariyb 2,6 barobar oşdi. 2026-yil yanvar–iyul oylarida ham ösiş davom etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizni taşkil etdi. Bu tarixiy va madaniy yaqinlik iqtisodiy aloqalar bilan tobora mustahkamlanib borayotganini körsatadi. Ayni paytda savdoning kengayişi qöşma işlab çiqariş quvvatlari, qulay moliyalaştiriş hamda özaro muvofiqlaştirilgan transport va huquqiy tartib-taomillarga bölgan ehtiyojni oşirmoqda.
Özbekiston Prezidentining Anqarada ilgari surgan taşabbuslari aynan şu ehtiyojlarga javob beradi. Toşkent uçun TDT milliy iqtisodiyotlar imkoniyatlarini birlaştiriş va bir mamlakatning saʼy-harakatlari bilan amalga oşiriş qiyin bölgan vazifalarni birgalikda hal etiş imkonini beruvçi platformaga aylanmoqda. Keyingi bosqiçda xomaşyoni qayta işlaşni çuqurlaştiriş, texnologiyalarni özlaştiriş va tayyor mahsulotlar bilan taşqi bozorlarga birgalikda çiqiş zarur. Savdo hajmining ösişi barqaror işlab çiqariş zanjirlari va yangi iş örinlari yaratilişi bilan uyğunlaşgani sari Taşkilotning amaliy ahamiyati ortib boradi.
– Prezident «TDT plyus» formatidagi hamkorlikni soha vazirlari uçraşuvlaridan boşlaşni taklif qildi. Turkiy davlatlarning iqtisodiy kölami taşqi hamkorlarda qiziqiş uyğotiş uçun qay darajada asos böla oladi?
– Turkic Economic Review yillik naşrining 2025-yilgi soniga köra, aʼzo va kuzatuvçi davlatlarning jami yalpi içki mahsuloti 2,11 trillion dollarni, dunyoning barça mamlakatlari bilan umumiy taşqi savdo aylanmasi esa 1,12 trillion dollarni taşkil etgan. Salohiyatli hamkorlar uçun taşkilot mamlakatlari bozorlarining hajmi, resurs bazasi va transport-geografik joylaşuvi birdek qiziqiş uyğotadi.
Hamkorlikni tarmoqlar darajasida yölga qöyiş uşbu qiziqişni aniq kelişuvlarga aylantiriş imkonini beradi. Vazirlar taşqi investorlarning işlab çiqariş loyihasida iştirok etiş şartlarini, transport yönalişini rivojlantiriş yoki texnologiyalar yetkazib beriş masalalarini kelişib olişlari mumkin. Özbekiston uçun uçinçi mamlakatlar bilan hamkorlik işlab çiqarişning texnologik darajasini oşiriş va mahsulot sotiş bozorlarini kengaytirişga xizmat qilişi ayniqsa muhim. Oçiq format, şuningdek, TDT davlatlarining xomaşyo va işlab çiqariş imkoniyatlarini taşqi hamkorlarning texnologiyalari, uskunalari va moliyaviy resurslari bilan uyğunlaştirişga imkon beradi. Şu tariqa, qöşma loyihalarga bölgan talabning ortişi Taşkilotning xalqaro nufuzini mustahkamlaydi.
– Prezident yuzta strategik investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oluvçi «Turkiy dunyo – 100» dasturini ilgari surdi. Uni amalga oşiriş uçun hozir qanday moliyaviy imkoniyatlar mavjud?
– Taşkilotning öz moliyaviy infratuzilmasi şakllanib bormoqda. Turkiy investitsiya jamğarmasining rasmiy saytidagi maʼlumotlarga köra, uning ustav kapitali 600 million dollarni taşkil etadi. Uni taʼsis etiş töğrisidagi bitim 2023-yilda imzolangan, 2025-yilda esa jamğarma öz faoliyatini boşlaganini eʼlon qilgan. Uning ustuvor yönalişlari sanoat, infratuzilma, qayta tiklanuvçi energiya va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşni qamrab oladi. Demak, yuzta loyihadan iborat dastur öz resurslarini xalqaro banklar va xususiy investorlar mablağlari bilan birlaştira oladigan amaldagi institutga tayanişi mumkin.
Şu bilan birga, jamğarma kapitalini butun dasturning byudjeti sifatida körib bölmaydi. Uning eng foydali vazifasi puxta işlangan loyihalarni tayyorlaşga kömaklaşiş, dastlabki moliyalaştiriş xatarlarini kamaytiriş va qöşimça investorlarni jalb etişdan iborat. Prezident taklif qilgan yönalişlar, jumladan, nodir va strategik minerallarni qayta işlaş hamda «yaşil» energetika uçun uskunalar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş aynan şunday yondaşuvni talab etadi. Loyihalarni saralaş bosqiçida talab, texnologiyalar qiymati va sarmoyaning qoplanişini hisob-kitob qiliş zarur. Özbekiston uçun bu yangi bilim va könikmalarni egallaş hamda xomaşyoni yanada çuqur qayta işlaşga, hamkorlar uçun esa umumiy işlab çiqariş zanjirlarida iqtisodiy jihatdan asoslangan iştirokka olib kelişi lozim.
– Işbilarmonlik aloqalari kengayib borayotgan bir paytda Prezident nima uçun tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam töğrisidagi şartnomani taklif qildi? U manfaatlarini himoya qilişi lozim bölgan tadbirkorlik subʼektlari kölami qançalik katta?
– Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimizda Turkiya kapitali iştirokida 2137 ta, Qozoğiston kapitali iştirokida esa 1212 ta korxona faoliyat yuritgan. TDTning şu ikki davlati hissasiga jami 3349 ta korxona töğri kelgan. Bu raqamlar ortida yetkazib beriş şartnomalari, kreditlar, investitsiya majburiyatlari va mulkiy munosabatlar turibdi.
Aloqalar murakkablaşib borgani sari huquqiy noaniqlikning salbiy oqibatlari ham kuçayadi. Tadbirkor uçun hamkor yoki uning aktivlari xorijda joylaşgan taqdirda öz talab qiliş huquqini qanday himoya etiş, zarur hujjatlarni oliş va sud qarorining ijrosini taʼminlaşni biliş muhim. Taklif etilayotgan şartnoma bunday tartib-taomillarni yanada aniq va oldindan maʼlum qilişi, sörovlarni raqamli şaklda almaşiş esa vakolatli organlar örtasidagi hamkorlik muddatlarini qisqartirişi mumkin. Bu, ayniqsa, bir neçta mamlakatda yuridik mutaxassislar jamoasini saqlaş imkoniyati çeklangan kiçik va örta biznes uçun katta ahamiyatga ega. Işonçli huquqiy himoya kelgusi investitsiyalarni rağbatlantiriş va transçegaraviy bitimlar xarajatlarini kamaytirişga xizmat qilişi mumkin.
– Örta yölakning yuklanişi ortib borayotgan şaroitda taklif etilgan Turkiy davlatlar logistika majmualari tarmoği qanday samara berişi mumkin? Nima uçun qöşma boşqaruv zarur?
– Taşuvlar hajmining ösişi muvofiqlaştirişni iqtisodiy zaruratga aylantirmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining «Markaziy Osiyoda Transkaspiy xalqaro transport yönalişining raqobatbardoşligini oşiriş» maʼruzasiga köra, 2025-yilda Örta yölak orqali yuk taşiş hajmi 4,7 million tonnadan oşgan. Maʼruzada infratuzilmaviy va taşkiliy çeklovlar saqlanib qolayotgani ham qayd etilgan. Yuk oqimi köpaygani sari jadvallarning özaro muvofiqlaştirilmagani, terminallarning ortiqça yuklanişi va hujjatlarni takroran rasmiylaştiriş oqibatlari yanada sezilarli böladi. Bir uçastkadagi keçikiş butun yönaliş faoliyatini izdan çiqaradi.
Tarmoqni birgalikda boşqariş xizmat körsatiş standartlarini muvofiqlaştiriş, yuklar haqida maʼlumot almaşiş va terminal quvvatlarini oldindan band qilişni taʼminlaşi mumkin. Biznes uçun natija yetkazib berişning umumiy qiymati va muddatlarini oldindan aniq belgilaş imkoniyati bilan ölçanadi. Özbekiston logistika majmualari milliy korxonalarni taşqi bozorlar bilan boğlaşi hamda mahsulotni saqlaş, qadoqlaş, saralaş va unga işlov beriş kabi qöşimça xizmatlarni körsatişidan manfaatdor. Bu taşuvning turli bosqiçlarida daromad oliş imkonini beradi. Bunday modelda Örta yölak va unga tutaş yönalişlar nafaqat tranzit kanali, balki işlab çiqariş quvvatlarini joylaştiriş va hududlarni rivojlantiriş uçun ham asos bölib xizmat qiladi.
– Turkiy turizm alyansini tuziş taklifi qanday sayyohlik salohiyatiga tayanadi? Özbekiston va TDTning boşqa mamlakatlari örtasidagi özaro safarlar kölami qançalik katta?
– Sammitda Prezident 2025-yilda turkiy davlatlar 100 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qilganini taʼkidladi. Özbekistonda ham jadal ösiş kuzatilmoqda. Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasining 2025-yilgi maʼlumotlariga köra, turistik maqsadlarda taşrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 11,7 millionga yetib, bir yilda 46,8 foizga oşgan. Qirğizistondan 3,3 million, Qozoğistondan 2,7 million, Turkiyadan esa 174,9 ming kişi kelgan. Birgina şu uç mamlakat hissasiga qariyb 6,2 million taşrif töğri kelgan. Öz navbatida, Özbekiston fuqarolari Qirğizistonga 3,3 million, Qozoğistonga 1,3 million va Turkiyaga 268,9 ming turistik safarni amalga oşirgan.
Uşbu oqimlar hamkorlik uçun salmoqli asos yaratadi. Biroq turistik maqsadlar böyiça statistika qarindoşlarni yöqlaş va boşqa turdagi safarlarni ham qamrab olişini hisobga oliş lozim. Alyansning vazifasi bir neçta mamlakatni boğlovçi kompleks sayyohlik yönalişlariga talabni oşiriş va ularni taşqi bozorlarda birgalikda tarğib qilişdan iborat. Taklif etilgan özaro safarlar töğrisidagi bitim va ID-kartalardan foydalanişning kengaytirilişi sayohatlarni taşkil etişni yengillaştirişi mumkin. Özbekiston uçun bu mehmonlarning mamlakatda böliş muddatini uzaytiriş, mehmonxonalar, gidlar xizmatlari, hunarmandçilik buyumlari va milliy taomlarga talabni oşiriş imkoniyatidir. Taşriflar sonining ösişi hududlardagi biznesga köproq daromad keltirişi muhim.
– Prezident turkiy davlatlar yoşlari uçun har yili 200 ta taʼlim granti ajratişga tayyorligini bildirdi. Uşbu taşabbus mavjud qanday asoslarga tayanadi?
– Taʼlim sohasidagi hamkorlik allaqaçon aniq amaliy mazmun kasb etgan. Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi, 2025/2026 öquv yilida Özbekistonning törtta oliy taʼlim muassasasi Turkiyaning ikkita universiteti bilan hamkorlikda bakalavriatning oltita dasturini amalga oşirmoqda. Ular doirasida 718 nafar talaba tahsil olmoqda. Sönggi beş yilda qariyb 300 nafar öqituvçi va olim özaro almaşinuvlarda iştirok etgan. TUBITAK bilan qöşma ilmiy tadqiqotlar tanlovlariga kelib tuşgan 400 dan ortiq arizadan 53 ta loyiha moliyalaştirişga tavsiya etilgan. «Yangi Özbekiston» dasturi doirasida taklif etilgan har yilgi 200 ta grant uşbu işlarni turkiy davlatlar yoşlarini qamrab olgan holda kengaytirişga qaratilgan.
Endilikda mutaxassislar tayyorlaşni sanoat va texnologik rivojlaniş vazifalari bilan yanada uzviy boğlaş muhim. Grantlar qöşma loyihalar uçun zarur bölgan muhandislar, tadqiqotçilar va logistika mutaxassislarini tayyorlaşga xizmat qilişi mumkin. Korxonalarda amaliyot ötaş va kompaniyalarning tadqiqot vazifalarini belgilaşda iştirok etişi bitiruvçilarga öz bilimlarini işlab çiqarişda qöllaşga yordam beradi. Şu bilan birga, almaşinuvlarning ahamiyati muayyan diplom oliş bilangina çeklanmaydi. Ular hamkorlarning tili va işbilarmonlik madaniyatini biladigan mutaxassislar muhitini şakllantiradi. Bunday aloqalar keyinçalik universitetlar va korxonalar örtasidagi hamkorlikni osonlaştiradi hamda uzoq muddatli kooperatsiya uçun kadrlar asosini yaratadi.
– Anqarada 2027-yilni Tabiatni muhofaza qiliş yili deb eʼlon qiliş taşabbusi qöllab-quvvatlandi va umumturkiy sözlar luğatini yaratiş taklif etildi. Ekologik va gumanitar hamkorlikni qanday qilib amaliy mazmun bilan boyitiş mumkin?
– Özbekiston hamkorlarga ekologiya sohasida töplagan tajribasini taklif etişi mumkin. Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatining 2026-yil 6-iyuldagi maʼlumotiga köra, Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq maydonda yangi örmonzorlar barpo etilgan. Mamlakatning kökalamzorlik darajasi 2020-yildagi 8 foizdan 2025-yilda 14,3 foizga yetgan. Bunday kölam yerlarni tiklaş, qurğoqçilikka çidamli ösimliklarni yetiştiriş va barpo etilgan örmonzorlarni monitoring qilişning aniq texnologiyalarini muhokama etiş imkonini beradi. Tabiatni muhofaza qiliş yili qöşma tajriba maydonlarini taşkil etiş, ilmiy maʼlumotlar almaşiş va iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça mutaxassislar tayyorlaş uçun asos bölişi mumkin.
Gumanitar sohadagi hamkorlik ham mavjud aloqalarga tayanişi mumkin. Masalan, Özbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizda 5 mingdan ortiq talaba turk tilini ikkinçi xorijiy til sifatida tanlaganini qayd etgan. Umumturkiy sözlar luğati uşbu auditoriya, öqituvçilar va tarjimonlar uçun foydali vosita bölişi mumkin. Elektron versiya, sözlarning qöllanişiga oid misollar va foydalaniş uçun qulay öquv materiallari uning amaliy samarasini oşiradi. Bunda ilmiy vazifa sözlarning umumiy ildizlari va maʼnolaridagi farqlarni aniq aks ettirişdan iborat. Şu tariqa, merosni asraş kundalik muloqot va taʼlim almaşinuvlarini yengillaştiriş bilan uyğunlaşadi.
– Anqara sammiti yakunlarini umuman qanday baholaysiz? Özbekiston taklif etgan mexanizmlar samaradorligini qaysi asosiy mezon orqali baholaş mumkin?
– Sammit yakunlari böyiça qabul qilingan Anqara deklaratsiyasi kelgusi hamkorlikning umumiy yönalişlarini belgilab berdi. Taşabbuslarni amalga oşiriş uçun allaqaçon salmoqli investitsiya asosi mavjud. 2026-yilda TDT davlatlari, jumladan, Turkmaniston va Vengriya hamkorlari iştirokida umumiy qiymati 17,24 milliard dollarlik 280 ta loyiha böyiça işlar olib borilmoqda. Yanvar–avgust oylarida 3,84 milliard dollar özlaştirilgan. Şu bois, taklif etilgan mexanizmlar, avvalo, aniq loyihalarni tayyorlaş va amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş vositasi sifatida muhimdir.
Korxonalar va fuqarolar uçun hamkorlik şaroitlarining özgarişi asosiy mezon böladi. Sanoatda bu işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş va texnologiyalarni özlaştiriş, transportda xarajatlarni kamaytiriş va yetkazib beriş işonçliligini taʼminlaş, huquqiy sohada esa tijorat manfaatlarini himoya qiliş imkoniyatlarining kengayişida namoyon böladi. Taʼlim va turizm taşabbuslari insonlar imkoniyatlarini hamda biznes daromadlarini oşirişi lozim. Anqarada ilgari surilgan takliflarni röyobga çiqariş loyihalar parametrlari va moliyalaştiriş manbalarini kelişib olişni taqozo etadi. Ularning umumiy mantiği sarmoya kiritiş, işlab çiqariş va savdo qiliş uçun yanada işonçli şaroit yaratadigan institutlarni şakllantirişdan iborat. Aynan şunday amaliy natijalar TDT doirasidagi şeriklik barqarorligini mustahkamlaydi.
ÖzA muxbiri Ikrom AVVALBOYEV suhbatlaşdi.