O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasida yangi bosh kotib ish boshladi
Mamlakatimiz yakka kurashlar tizimida, xususan, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasida faoliyat yuritgan Shuhrat Mamadaliyev mamlakat stol tennisi federatsiyasi bosh kotibi etib tayinlandi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev mamlakatimizda stol tennisini yanada rivojlantirish, mavjud infratuzilmadan unumli foydalanish, sportchilar va murabbiylar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, iqtidorli sportchilarni saralash, ommaviy musobaqalarni ko‘paytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda federatsiya faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari xususida so‘z yuritdi.

Stol tennisi bo‘yicha tajribali murabbiylar, mutaxassislar, federatsiya ijroiya qo‘mita a’zolari ishtirok etgan tadbirda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA