O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi.
“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga mamlakatimiz yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

