O‘zbekiston Milliy terma jamoasining ikki nafar futbolchisi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
O‘zbekiston JCH ilk turida 18-iyun kuni Kolumbiya bilan to'qnash keladi.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Kolumbiya termasiga qarshi muhim bahsga tayyorgarlik jarayonini qizg‘in davom ettirmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda ishtirok eta olmagan Behruz Karimov va Abdulla Abdullayev jarohatidan tiklanib, jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Biroq jamoaning yetakchi a’zolaridan Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Jaloliddin Masharipov va Hojiakbar Alijonovlar hozircha jamoaviy mashg‘ulotlarda ko‘rinish berishmayapti.
O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.